Home / FOTO LAVHALAR / ARAB DAVLATLARI UYUSHMASI MUTASADDILARI MARKAZDA

ARAB DAVLATLARI UYUSHMASI MUTASADDILARI MARKAZDA

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Arab davlatlari uyushmasi bosh kotibi oʻrinbosari Ibrohim Xalil az Zavadi va uyushmaning Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boʻlimi boshligʻi Muhammad bin Siddiq tashrif buyurdi.

   

Martabali mehmonlarni Markaz direktori Shovosil Ziyodov va direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev kutib oldi.

Delegatsiya aʼzolari Markaz muzeyi faoliyati va undagi eksponatlar, kutubxona ishi hamda mavjud kitob fondi bilan tanishdi. Boʻlib oʻtgan qisqa muloqotda ularga Markazda yaratilgan sharoitlar, ilmiy faoliyat natijasida erishilgan muvaffaqiyatlar hamda Arab mamlakatlaridagi koʻplab ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni holati haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Tashrif yakunida mehmonlarga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami hadya qilindi.

Delegatsiya aʼzolariga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov hamrohlik qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Mahalla raislari oʻquvi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Samarqandda viloyat hokimligi huzuridagi fuqarolarning oʻzini …