Home / YANGILIKLAR / Prezidentimiz Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan tanishdi

Prezidentimiz Imom Buxoriy majmuasi qurilishi bilan tanishdi

Ayni paytda Samarqandda boʻlib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyatda amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda.

Davlatimiz rahbari Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasida boʻlib, ushbu qutlugʻ maskanni ziyorat qildi. 

Majmuani buyuk muhaddisning Islom olamida tutgan mavqei, salohiyatimizga mos tarzda qayta qurish borasida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirib, ziyoratchilar uchun qulayliklar yaratish yuzasidan qoʻshimcha topshiriqlar berdi.  

Joriy yilning sentyabr oyida Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti oʻtkazilishi rejalashtirilgan va shu munosabat bilan viloyatda keng koʻlamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.  

Manba: OʻzA

Check Also

Yassaviya tariqati va maʼnaviy meros: Tarix, tadqiqot va istiqbol

11-iyun kuni Toshkentda “Turk dunyosi va Piri Turkiston: Yassaviy yoʻli va merosi” mavzusida xalqaro ilmiy …