Home / FOTO LAVHALAR / Buxoroda “Deklaratsiyalar muloqoti” forumi boshlandi

Buxoroda “Deklaratsiyalar muloqoti” forumi boshlandi

Tadbirda ilmiy-amaliy seminarlar sarhisob qilinib, eʼtiqod erkinligi va dinlararo muloqotni taʼminlash masalalari boʻyicha fikr almashiladi.

 Kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilanadi. 

Tadbir doirasida shuningdek, diniy bagʻrikenglik, eʼtiqod erkinligi gʻoyalarini xalqaro darajada qaror toptirish maqsadida 2016 – 2020 yillarda qabul qilingan Marokash, Makka, Jakarta, Potomak, Punto-del-Esteda deklaratsiyalarining taqdimoti oʻtkaziladi. 

Ularning mazmun-mohiyati muhokama qilinadi. 

Forum yakuni boʻyicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilinib, Oʻzbekiston tajribasidan kelib chiqib jahon hamjamiyati bilan dunyoda maʼrifat va diniy bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirish, shuningdek, turli dinlar oʻrtasidagi muloqotni kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Zarif Komilov, 
Tohirjon Istatov (surat),

Check Also

Ilm – umumiy mulkimiz

Indoneziyaning Kalimantan mintaqasidagi ulamolar tashabbusi bilan XVIII asrda yashab oʻtgan mashhur muhaddis va faqih Muhammad …