Home / XALQARO YANGILIKLAR / OʻZBЕKISTON BILAN HAMKORLIK – XALQARO ALOQALAR ASOSI

OʻZBЕKISTON BILAN HAMKORLIK – XALQARO ALOQALAR ASOSI

Oksford Islom tadqiqotlari markazi “OcisNews” axborot byulletenining yangi nashrdan chiqqan bahorgi sonida mazkur markazning Oʻzbekiston bilan hamkorligiga oid maʼlumot chop etildi.

Nashrning markazdagi bahorgi semestr yangiliklari hamda umumiy jarayonlarga bagʻishlangan 78-soni 2-sahifasining asosiy qismi “Xalqaro aloqalar” rukniga bagʻishlangan boʻlib, unda dunyoning bir necha davlatlari hamda nufuzli ilmiy muassasalar sirasida Oʻzbekiston bilan oʻrnatilgan hamkorlik haqidagi maʼlumot ham oʻrin olgan.

Maʼlumotda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilovning markazga oʻtgan yilning dekabr oyidagi tashrifi bilan ilmiy aloqalar yanada mustahkamlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan oʻzaro anglashuv Memorandumi imzolangani, bu esa ilmiy tadqiqotlar sohasidagi hamkorlikni yangi pogʻonaga olib chiqqani taʼkidlangan.

Maʼlumot soʻngida Markazga ilmiy faoliyat olib borish uchun doktor Shukurillo Umarov va (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi) janob Barot Amonov kelgani alohida tilga olingan.

1989 yilda taʼsis etilgan, yiliga toʻrt marta ingliz va arab tillarida chop etiladigan nashrda markaz faoliyatiga oid yangiliklar, mehmonlar tashriflari, hamkorlik kelishuvlari, kadrlar malakasini oshirish yuzasidan imzolangan Memorandumlar va boshqa materiallar yoritiladi. 1100 nusxada chop etiladigan nashr Yevropa va arab davlatlarida mingga yaqin obunachiga tarqatiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Yuta shtati delegatsiyasi – Markaz mehmoni

Bugun, 26-aprel kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Amerika …