Home / FOTO LAVHALAR / MARKAZGA YIRIK XALQARO UYUSHMA VAKILI KЕLDI

MARKAZGA YIRIK XALQARO UYUSHMA VAKILI KЕLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga turkiyalik atoqli islomshunos olim, Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasining Turkiyadagi vakili Shayx Abdulvahap Ekinji tashrif buyurdi.

Mehmonni Markaz direktori Shovosil Ziyodov hamda direktor oʻrinbosari Otabek Muhammadiyevlar kutib olishdi.

Tashrif davomida tomonlararo hamkorlikka oid muloqot boʻlib oʻtdi. Unda direktor Sh.Ziyodov yirik xalqaro uyushma vakiliga Markazda olib borilayotgan ilmiy—tadqiqot ishlari yuzasidan qisqacha maʼlumot berdi. O.Muhammadiyev mehmonga ijtimoiy-gumanitar fan sohalari boʻyicha davlat granti va ijtimoiy buyurtma loyihalari, tarjima ishlari, shuningdek,  ilmiy xodimlar muallifligida chop etilgan kitob va risolalar haqida soʻzlab berdi.

Abdulvahap Ekinji oʻz navbatida samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, Butunjahon musulmon ulamolari uyushmasining Turkiyadagi vakolatxonasi Markaz bilan izchil hamkorlik qilishga doim tayyor ekanini bildirdi.

Muloqot davomida oʻzaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga doir qator masalalar muhokama qilindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Hashar uyushqoqlik bilan oʻtdi

Xalqimizga xos goʻzal urf-odat, anʼana va qadriyatlarimiz orasida hashar birdamlik, hamjihatlik ramzini ifodalaydi. U tufayli …