Home / FOTO LAVHALAR / HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA ASOSLAR YETARLI

HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISHGA ASOSLAR YETARLI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiyaning Aziz Mahmud Xudoyi nomidagi Vaqf xayriya tashkiloti Boshqaruv kengashi aʼzosi Dr. Adem Ergul keldi.

Mehmonni Markaz boʻlim boshliqlari Yoʻldoshxon Isayev va Tohir Evadullayev kutib olib, muzey hamda boʻlimlar faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi.

Tashrif davomida Dr. Adem Ergul Markaz rahbariyati bilan muloqot oʻtkazdi. Samimiy suhbat chogʻida markaz direktori oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev mehmonni qutlab, Turkiyadagi yirik xayriya tashkilotlaridan biri boʻlgan Aziz Mahmud Xudoyi vaqfi bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni holati toʻgʻrisida maʼlumot berdi. Muloqot davomida Markaz direktori Shovosil Ziyodov oʻtgan yilning noyabr oyida mazkur tashkilotga qilgan tashrifida erishilgan kelishuvlar samaralarini alohida eʼtirof etdi va hamkorlikni kuchaytirish borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdi. Mehmon oʻz navbatida samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qilib, Markaz vaqf tashkilotining muhim hamkori sifatida yuksak salohiyatga ega ekanini, ilmiy faoliyatni ragʻbatlantirish yoʻnalishidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Muloqotdan soʻng Adem Ergul markaz direktori hamrohligida kutubxonadagi kitob fondini koʻzdan kechirdi.

Tashrif nihoyasida mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar toʻplami taqdim etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari – Kattaqoʻrgʻonda

Samarqand viloyati boʻylab “Jaholatga qarshi– maʼrifat” shiori ostida mahallalarda oʻtkazilayotgan navbatdagi targʻibot tadbirlari Kattaqoʻrgʻon tuman …