Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz.

Bu galgi seminarda Fransiya milliy tadqiqotlar markazi qoshidagi Sharq va Gʻarb arxeologiyasi va filologiyasi qoʻshma tadqiqotlar boʻlimi tadqiqotchisi, oʻzbek-fransuz olimlarining Samarqandga ekspeditsiyasi aʼzosi, tarix fanlari nomzodi Yuriy Karevning “Amudaryoning narigi tomoni: Xalifalikning sharqiy hududlarida joylashgan Movarounnahr (VII-IX asrlar)” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.

Onlayn seminar 2022 yil 11 yanvarda, Toshkent vaqti bilan soat 17.00 da boʻlib oʻtadi.

ZOOM videokonferensiya dasturi boʻyicha ulanish manzili:

👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09

Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Oʻtayotgan …