Home / FOTO LAVHALAR / OʻZBЕKISTON FAYLASUFLARI YETAKCHISI XOTIRLANDI

OʻZBЕKISTON FAYLASUFLARI YETAKCHISI XOTIRLANDI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekiston faylasuflari milliy assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati, falsafa fanlari doktori, akademik Xayrullayev Muzaffar Muhitdinovichning 90 yilligiga bagʻishlab “Sharq Renessansi: falsafa, tarixiy-maʼnaviy meros va tamaddun rivoji” mavzusida ilmiy-nazariy seminar boʻlib oʻtdi.

Oflayn va onlayn tarzida oʻtkazilgan mazkur anjumanda tashkilotchilar bilan birga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, I.Moʻminov nomidagi Falsafa va huquq instituti olimlari va xorijlik tadqiqotchilar ishtirok etdi.

  

Anjuman ishi davomida Oʻzbekiston faylasuflari yetakchisi eʼtirofiga sazovor boʻlgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Xalqaro Ibn Sino mukofoti va “Mehnat shuxrati” ordeni sovrindori Muzaffar Xayrullayev haqida xotiralar, Sharq falsafasi va falsafa tarixi, ontologiya, bilish nazariyasi va mantiq hamda boshqa yoʻnalishlarda ilmiy maʼruzalar tinglandi.

Akademik Muzaffar Muhiddinovich Xayrullayev Oʻzbekictonda ijtimoiy fanlar, xususan, falcafa fani taraqqiyotiga yirik hicca qoʻshgan zabardast olimlardan biri edi. Olim akademik Ibrohim Moʻminov rahbarligida Abu Nacr Forobiyning ulkan ilmiy merocini tahlil etib, alloma yashagan davrni Markaziy Ociyo fani va madaniyati tarixida oʻziga xoc uygʻonish davri boʻlganligini dadil isbotlab bergan edi.

M.Xayrullayev Markaziy Osiyo mutafakkirlari merosini tadqiq etish asosida, mintaqamizda bundan ming yillar ilgari ham taraqqiy etgan yaxlit madaniy qatlam boʻlgani va Markaziy Osiyo xalqlari ana shu yuksak madaniy merosning qonuniy vorislari ekanini keng ilmiy jamoatchilik oldida acoclab bergan olim boʻlib, uning hayoti va ilmiy faoliyati yoshlar uchun ibratdir.

Ishtirokchilar zabardast olimning zalvorli hayoti va ilm yoʻlidagi zahmatli mehnatlarini tilga olishib, ulugʻ ustoz bilan kechgan qiziqarli voqealarni chuqur hurmat bilan xotirladilar.

Shuningdek, anjumanda falsafa fanining dolzarb muammolari muhokama etildi, xususan, komil inson tarbiyasiga doir yangi ilmiy yondoshuvlar bayon qilinib, akademik Xayrullayevga xos ustoz-shogird anʼanalarini amaliyotda keng qoʻllash istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Oʻzbekistondagi islohotlar samarasi Britaniya jamoatchiligiga tadqim etildi

Xabar qilinganidek, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari …