Home / YANGILIKLAR / INDONЕZIYADA NUFUZLI XALQARO KONFЕRЕNSIYA BOSHLANDI

INDONЕZIYADA NUFUZLI XALQARO KONFЕRЕNSIYA BOSHLANDI

Bugun Indoneziyaning Malang shahrida INTERNATIONAL SYMPOSIUM OF RELIGIOUS LITERATURE AND HERITAGE-3 (ISLAGE-3) “DINIY ADABIYOTLAR VA MЕROS-3 – DINIY-MADANIY MЕROS VA ADABIYOT: GLOBAL MUAMMOLARGA QARSHI” mavzusidagi xalqaro Konferensiya oʻz ishini boshladi.

Mazkur Konferensiya Indoneziya Din ishlari Vazirligi, Malang shahridagi Mavlono Malik Ibrohim universiteti hamda IHTning Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi (IRSIKA) hamkorligida tashkil etilmoqda.

Konferensiyani Indoneziya Din ishlari Vaziri Prof. Dr. M. Arskal Salim va IRCICA Bosh direktori, Prof. Dr. Mahmut Erol Qilich kirish va tabrik soʻzlari bilan ochib berdi.

Konferensiya 30 noyabr-2 dekabr kunlari bir nechta shoʻbalarga boʻlingan holda oʻtkaziladi va unda Markaz direktori Sh.Ziyodov “IMAM BUKHARIʻS AL-JAMIʻ AL-SAHIH AND ITS RARE MANUSCRIPTS” – “Imom Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-Sahih” asari va uning nodir qoʻlyozma nusxalari” hamda direktor oʻrinbosari O.Muhammadiyev “SAHIH AL-BUKHARI SCHOOL IN EGYPT. HOW DID SAHIH BUKHARI ENTER EGYPT?” – “Misrdagi “Sahihul Buxoriy” maktabi. “Sahihul Buxoriy” Misrga qanday yetib borgan” mavzularida oʻz maʼruzalari bilan qatnashishi koʻzda tutilgan.

Uch kun davom etadigan Konferensiyada Indoneziya, Turkiya, Nigeriya, AQSH, Sudan va Oʻzbekistondan jami 68 nafar olimlar oʻzlarining akademik maʼruzalari bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Buyuk muhaddis olim merosiga bagʻishlandi

Joriy yilning 20-iyul kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi …