Home / FOTO LAVHALAR / Yevropada Islom ilmiga oid eng nufuzli hisoblangan ilmiy muassasa rahbari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni

Yevropada Islom ilmiga oid eng nufuzli hisoblangan ilmiy muassasa rahbari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mehmoni

Bugun, 24 oktyabr kuni mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farxan Nizomi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.

Yuqori martabali mehmonni Markaz direktori Sh.Ziyodov va boshqa masʼul xodimlar kutib olishdi.

   

Mehmon dastavval muzey faoliyati va undan oʻrin olgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Bobokalonimiz Imom Buxoriy hayoti va faoliyatiga oid nodir buyumlar Yevropada Islom ilmiga oid eng nufuzli ilmiy muassasalardan birining rahbarida katta qiziqish uygʻotdi.

Tashrif davomida F.Nizomi Markaz kutubxonasi va unda saqlanayotgan adabiyotlar bilan tanishtirildi. Mehmonga kutubxona fondini muttasil ravishda boyitib borish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumot berildi.

Markaz boʻlimlarining faoliyati, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar mehmonda ulkan taassurot qoldirdi.

Tashrif doirasida F.Nizomi Markazda saqlanayotgan qadimiy va nodir qoʻlyozmalar bilan tanishish istagini bildirdi. Mehmon mavjud qoʻlyozmalarni koʻzdan kechirib, istiqbolda ikki  muassasa oʻrtasidagi ilmiy-amaliy hamkorlik ajdodlarning boy ilmiy merosini chuqur tadqiq etish va keng targʻib qilish imkoniyatlarini oshirishi bilan bir qatorda bu borada ilmiy xodimlar malakasini oshirishda ham har jihatdan manfaatli boʻlishini taʼkidladi.

Tashrif nihoyasida mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan adabiyotlar va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Shuningdek, Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori Farxan Nizomi faxriy mehmonlar kitobiga oʻz tilaklarini yozib qoldirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuk sarkarda, adolat va ulugʻvorlik timsoli”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi munosabati bilan oʻtkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir …