Home / YANGILIKLAR / ERTAGA “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING 30-JUZI TAQDIMOTI OʻTKAZILADI

ERTAGA “TAʼVILOT AL-QURʼON” ASARINING 30-JUZI TAQDIMOTI OʻTKAZILADI

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlanadi

Sizni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan Imom Abu Mansur Moturidiyning Qurʼoni karim tafsiriga bagʻishlangan mashhur “TAʼVILOT AL-QURʼON” asarining 30-juzi taqdimotiga taklif etamiz!

Taqdimot 2021 yil 9 sentabr kuni soat 15.00 da Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi faollar zalida boʻlib oʻtadi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamkor tashkilotlar va ilmiy doiralar vakillari, ulamolar, diniy yoʻnalishdagi taʼlim muassasalari talaba yoshlari hamda mustaqil tadqiqotchilarni taqdimot ishiga taklif etadi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Targʻibot tadbirlari Buxoro viloyatida oʻtdi

Avval xabar berganimizdek, ayni paytda joylarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada sogʻlomlashtirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Oʻtayotgan …