Home / XALQARO YANGILIKLAR / Misrning “Axbar al-Yaum” gazetasida yurtimiz hayotiga oid maqola chop etildi

Misrning “Axbar al-Yaum” gazetasida yurtimiz hayotiga oid maqola chop etildi

Misrning yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan “Axbar al-Yaum”, “Al-Ahrom”, “Al-Xabar al-Yaum”, “Sada al-Balad”, “Al-Vasila” nashrlari Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar bilan Misr jamoatchiligini tanishtirishda davom etmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Xususan, “Al-Ahrom” gazetasi Misrning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uyushtirgan intervyusida mamlakatlarimiz oʻrtasida turistlar sonini oshirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish imkoniyatlariga toʻxtalib oʻtgan.

Misrning nufuzli “Axbar al-Yaum” gazetasi esa Imom Moturidiy taʼlimotiga oid maqola chop etdi. Unda Islom dunyosida moʻtadil qarashlarni yoyish, Moturidiy taʼlimotini oʻrganish, sohaga oid xorijiy tashkilotlar oʻrtasida samarali hamkorlik oʻrnatishda Oʻzbekistonda tashkil etilgan Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlangan.

Mazkur gazeta Imom Moturidiy stipendiyasining joriy etilishi, ushbu taʼlimot bilan bogʻliq qoʻl yozmalarni yigʻish, bibliografiyasini tayyorlash va ularni elektron shaklda kutubxonalarda tarqatish boʻyicha koʻrilayotgan choralarga toʻxtalib oʻtgan.

Check Also

Yangi loyiha boshlandi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) …