Home / XALQARO YANGILIKLAR / Markaz direktori xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

Markaz direktori xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi

Joriy yilning 29 mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov Qozogʻiston musulmonlarining diniy boshqarmasi va Qozogʻistondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti tomonidan “Qozogʻiston – dinlararo totuvlik beshigi” mavzuida tashkil etilgan xalqaro (onlayn/oflayn) ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdi.

Qozogʻiston respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur konferensiyada, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tataristondan (Rossiya) sohaga aloqador ilmiy doiralar vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada dunyodagi global diniy tendensiyalar, diniy va milliy birlik oʻrtasidagi munosabatlar, Qozogʻistonning din sohasidagi davlat siyosati, uning ijtimoiy barqarorlikka qoʻshgan hissasi kabi masalalar ishtirokchilar tomonidan atroflicha muhokama qilindi. Anjumanda ishtirok etgan mamlakatlarning bu boradagi tajribalari bilan oʻrtoqlashildi.

Xususan, Oʻzbekiston tomonidan ishtirok etgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh. Ziyodov yurtimizda soʻnggi yillarda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, yangidan bunyod etilayotgan tadqiqot muassasalari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot, dinlararo totuvlikni saqlashda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining roli qanday boʻlishi haqida soʻz yuritdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Rossiya musulmonlariga yangi nashrlar taqdimot qilindi

Avval xabar berilganidek, Qozon shahridagi Bulgʻor islom akademiyasida “Rossiya musulmonlarining VI xalqaro forumi” boʻlib oʻtmoqda. …