Home / YANGILIKLAR / DIQQAT, EʼLON!

DIQQAT, EʼLON!

2021 yilning 3-4-5 iyun kunlari Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjondagi ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar bilan hamkorlikda “OʻRTA OSIYODAN ONADOLOʻGA ISLOMIY ILMLAR: SHAHARLAR, OLIMLAR, ASARLAR, MASALALAR” mavzuida xalqaro onlayn Simpozium boʻlib oʻtadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlar:

  • Simpoziumda ishtirok etish istagida boʻlganlar mavzu doirasida Tezis yuborishi kerak.
  • Oʻz vaqtida yuborilgan toʻliq matnlar hakamlarning hisobotlariga binoan xalqaro nashriyot tomonidan nashr etiladi.
  • Simpoziumga tashrif buyuruvchilardan ishtirok uchun toʻlov undirilmaydi.
  • Simpoziumga oʻzbek, turk, ingliz, arab, fors, qirgʻiz, qozoq, va rus tillarida maqola yuborish mumkin.
  • Tezislarning yakuniy muddati 2021 yil 31 mart;
  • Qabul qilingan xulosalarning eʼlon qilish sanasi 2021 yil 10 aprel;
  • Toʻliq maʼruza matnlarini qabul qilish muddati 2021 yil 25 may;
  • Simpozium sanasi 2021 yil 3-4-5 iyun kunlari.

Eslatma: Mazkur simpoziumda ishtirok etish istagida boʻlgan ilmiy doiralar vakillari, yosh olim va tadqiqotchilar mazkur havola orqali roʻyxatdan oʻtib, anjuman shartlari va tartibi haqida batafsil maʼlumot olishlari mumkin.

Roʻyxatdan oʻtish uchun: https://ortaasya.karabuk.edu.tr/en/homepage-3/?fbclid=IwAR3xBcBvp8SEw7Vr-tIKXWjP4lJJk4aCBgMlAza7pCc-yz1wimIr79sYXnY

Simpozium matnlari Turkiyaning Karabuk universiteti nashrlarida chop etiladi. Ishtirokchilarga raqamli qatnashish sertifikati beriladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaz rahbari – Samarqanddagi yirik anjumanda

Bugun, 3-may kuni Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida Turkiyadagi Egey universiteti …