Home / 2024 / Mart

Monthly Archives: Mart 2024

Ichki turizm imkoniyatlari namoyish etildi

«Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!» dasturi asosida yurtimizning barcha hududlarida oʻtkazilayotgan ichki turizm yarmarkasi Samarqandda ham tashkil etildi. Ushbu yarmarka 30-mart kuni Registon ansamblida boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi «Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil qilingan koʻrgazma …

Batafsil

Qozogʻistonda yangi kitob va maʼlumotlar taqdim etildi

Joriy yilning 29-mart kuni Qozogʻistonning Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy nomidagi qozoq-turk xalqaro universiteti tomonidan Xoja Ahmad Yassaviy tavalludining 930-yilligi munosabati bilan “Xoja Ahmad Yassaviy – asr mutafakkiri” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boshlandi. Yassaviy merosini oʻrganish va keng targʻib qilish, uning hikmat va tamoyillarini taʼlim tizimga joriy etish, mahalliy va xorij …

Batafsil

Mamlakatimiz vakili “Jazoir mehmoni”da mehmon

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi olimlari Jazoirning Laguat shahrida Soʻfiylik taʼlimoti madaniyat festivali doirasida “Tasavvuf navolari: inqilob ohangi va kuylari” mavzusida oʻtkazilayotgan seminarda ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Seminarning navbatdagi kunida Markaz boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov “Tasavvuf taʼlimotining islom jamiyatidagi oʻrni” mavzusida maʼruza qildi. Olim maʼruzasida tasavvuf tarixi, pirlari …

Batafsil

IKKI AFZAL XISLAT (bir hadis sharhi)

«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomning qaysi (xislati) yaxshiroq?» deb soʻradi. U zot: «Taom yedirishing hamda tanigan va tanimaganingga salom berishing», dedilar». * * * Ushbu hadisda kishilarni taomlantirish va salom berishni keng yoyish yaxshi xislatlardan ekani aytilmoqda. Hadisi sharifda Nabiy alayhissalom ikki xislatni islomning eng afzal amali deyaptilar. …

Batafsil

Imom Buxoriy asari Jazoirda taqdimot qilindi

Xabar qilinganidek, hafta mobaynida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida safarda boʻlib turibdi. Mamlakatimiz vakillari Jazoirning Laguat shahrida Imom Buxoriyning Markaz tomonidan ilk bor oʻzbek tilida nashr etilgan «At-Tarixu-s-sagʻir» asari taqdimotini qilishdi. Taqdimotda yigirmaga yaqin davlat vakillari ishtirok etdi. Markaz ilmiy xodimlari yigʻilganlarga davlatimiz rahbari boshchiligida …

Batafsil

Markaz olimlari – ilmiy safarda

Ayni kunlarda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va boʻlim boshligʻi Shukurillo Umarov Jazoirdagi Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqot markazi rahbari Др.Аҳмад Sagʻir taklifiga binoan Jazoir Xalq Demokratik Respublikasida ilmiy safarda boʻlib turibdi. Markaz ilmiy xodimlari Jazoir madaniyat, fan va taʼlim vazirligi hamda Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqot …

Batafsil

Imom Buxoriyning islom tarixiga oid nodir asari taqdimoti

Joriy yilning 27-mart kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk muhaddis olim, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriyning Markaz olimlari tomonidan ilk bor oʻzbek tiliga tarjima qilingan «At-Tarixu-s-sagʻir» asari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Tadbirda hamkor tashkilotlar va ilmiy doiralar vakillari, Hadis ilmi maktabi ustoz va talabalari, mustaqil tadqiqotchilar hamda …

Batafsil