Home / FOTO LAVHALAR / Ahamiyati abadiy maʼnaviy meros

Ahamiyati abadiy maʼnaviy meros

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida XII-XIII asrlar tasavvuf taʼlimotining yirik namoyandasi, ulugʻ mutafakkir Najmiddin Kubro hayoti va ilmiy-maʼnaviy merosiga bagʻishlangan maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Anjumanda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari Najmiddin Kubroning hayot yoʻli, ilmiy faoliyati, tasavvuf taʼlimoti rivojiga qoʻshgan bebaho hissasi haqida soʻzlab, uning maʼnaviy poklanish va komillik gʻoyalari bilan uygʻun qarashlarini atroflicha yoritib berdi.

Maʼruzalarda allomaning ilmiy merosi nafaqat oʻz davri, balki bugungi kunda ham yoshlar maʼnaviy tarbiyasi, axloqiy barkamollik va maʼrifatparvarlikni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi. Shuningdek, tasavvuf taʼlimotining jamiyat hayotidagi oʻrni, uning bagʻrikenglik, sabr-toqat va ichki poklikka chorlovchi gʻoyalari keng muhokama qilindi.

Qatnashchilar bunday tadbirlar tarixiy xotirani yanada mustahkamlash, milliy-maʼnaviy merosga ehtiromni oshirish, uni tizimli oʻrganish va targʻib etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilm-fan va madaniy meros rivoji yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya texnologiya universiteti (MTU) Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani, Islom, fan …