
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi uchun quvonchli yangilik!
Markaz direktori, tarix fanlari doktori, professor Ziyodov Shovosil Yunusovich 2025-yilgi “Oʻzbekistonning taniqli olimlari” ensiklopediyasiga kiritildi.
Mazkur ensiklopediya mamlakat ilm-fani rivojiga munosib hissa qoʻshgan, ilmiy-tadqiqot sohasida yuqori natijalarga erishgan, jamoatchilik orasida yuksak obroʻ-eʼtibor qozongan shaxslar toʻgʻrisidagi nufuzli nashr hisoblanadi. Professor Shovosil Ziyodovning mazkur toʻplamga kiritilishi uning tarixshunoslik, islom sivilizatsiyasi merosi va ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi yoʻnalishlarida amalga oshirgan koʻp yillik samarali ilmiy faoliyatiga berilgan yuksak baho sifatida qabul qilinadi.
Shu bilan birga, ushbu eʼtirof Markaz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy ishlar, xalqaro hamkorlik, islom ilmiy merosini chuqur oʻrganish va targʻib qilish borasidagi faoliyatning mamlakat ilmiy jamoatchiligi tomonidan munosib qadrlanayotganidan yana bir dalolat boʻladi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi professor Shovosil Ziyodovni mazkur sharafli eʼtirof bilan tabriklaydi va uning izlanishlarida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






