Home / FOTO LAVHALAR / Hamkorlik tendensiyasi kuchaymoqda

Hamkorlik tendensiyasi kuchaymoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Indoneziyadagi  Qurʼon ilmlari instituti (Institut Ilmu Al-Qurʻan (IIQ Jakarta) bilan hamkorlikka oid Anglashuv memorandumini imzoladi. Kelishuv qurʼonshunoslik, tafsir, qiroat va manbashunoslik yoʻnalishlarida qoʻshma ilmiy tadqiqotlar, tajriba almashuvi va oʻzaro manbalar aylanmasini yoʻlga qoʻyishni nazarda tutadi.

IIQ Jakarta kabi sohaviy ilmiy maskanlar bilan amaliyotga yoʻnaltirilgan hamkorlik islom manbalarini hujjatli tahqiq etish, fikriy muloqotni mustahkamlash va yosh tadqiqotchilar ilmiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur memorandum bilan Markazning xalqaro hamkorlari soni rasman ellikka yetdi. Bitimlar sonining ortib borayotgani shunchaki statistik koʻrsatkich emas, balki umumislomiy ilmiy muloqot va maʼrifiy hamjihatlik bugun ilmiy hayotda barqaror tendensiyaga aylanib borayotganidan dalolatdir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Muloqot va hamkorlik – maʼnaviy taraqqiyot sari mushtarak odim

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Malayziyaning Islomshunoslik boʻyicha ilgʻor tadqiqotlar xalqaro instituti (International Institute of …