Home / FOTO LAVHALAR / Ilm va maʼrifat – radikalizmga qarshi eng kuchli qalqon

Ilm va maʼrifat – radikalizmga qarshi eng kuchli qalqon

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand davlat universiteti Urgut filialida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” shiori ostida “Radikalizm – jamiyat barqarorligiga tahdid” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda Markaz ilmiy xodimlari bugungi globallashuv davrida yoshlar ongiga yot va buzgʻunchi gʻoyalarni singdirishning oldini olish, ularni sogʻlom dunyoqarash, milliy va diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalari juda dolzarb ekanini taʼkidladi.

Tadbirda radikalizm va ekstremizmning ilmiy, tarixiy hamda ijtimoiy-ruhiy ildizlari haqida, ularning jamiyat barqarorligi va tinch hayotga soladigan tahdidlari xususida atroflicha maʼlumot berildi. Yoshlarning dunyoqarashini toʻgʻri shakllantirishda ilm, maʼrifat va tarbiyaning oʻrni nechogʻli yuksak ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr almashib, diniy bagʻrikenglik, totuvlik va osoyishtalikni mustahkamlashda har bir fuqaro, ayniqsa yoshlarning faol pozitsiyasi muhim ekanini taʼkidladilar.

Ochiq va samimiy muloqot qiziqarli savol-javoblar bilan davom etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ilmiy markazlar oʻrtasida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid memorandum …