Home / FOTO LAVHALAR / “Yangi Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom maʼrifatining xalqaro eʼtirofi”

“Yangi Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom maʼrifatining xalqaro eʼtirofi”

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida shu mavzuda ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQSHga safari va BMT Bosh assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatiga bagʻishlandi.

Anjumanda davlat va jamoat arboblari, olimlar va islomshunoslik sohasi mutaxassislari Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan bildirgan tashabbuslari xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uygʻotganini, bu tashabbuslar zamirida tinchlik, hamjihatlik va maʼrifatparvarlik gʻoyalari mujassam ekanini taʼkidladi.

Prezident nutqidagi islom maʼrifati va bagʻrikenglik tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash, ularni ilmiy-amaliy jihatdan asoslash va xalqaro miqyosda targʻib qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Ilgari surilgan gʻoyalar nafaqat siyosiy va diplomatik, balki maʼnaviy-maʼrifiy jihatdan ham yuksak ahamiyat kasb etmoqda.

Konferensiyada Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov qatnashib, bu xususda oʻz-fikr mulohazalarini bildirdi.

Tadbirda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, islomshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish va Oʻzbekistonning maʼnaviy merosini jahon hamjamiyatiga yanada keng tarzda yetkazish borasida amaliy taklif va tavsiyalar ham bildirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Markaziy Osiyoda maʼnaviy hamjihatlik va ilmiy anʼanalar

Kuni kecha Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo: Umumiy maʼnaviy-maʼrifiy meros – umumiy kelajak” mavzusida xalqaro kongress …