Home / FOTO LAVHALAR / Maʼrifatli kelajak yoʻlida

Maʼrifatli kelajak yoʻlida

26-sentyabr kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk oʻtmish merosi – maʼrifatli kelajak asosi” xalqaro forumi boshlandi. Unda 20 dan ortiq mamlakatdan nufuzli ilmiy va madaniy muassasalar vakillari, jumladan, IRCICA, Jahon islom ligasi, ICESCO, TURKSOY, Oksford universiteti, Christieʼs kimoshdi savdolari uyi, Rossiya Fanlar akademiyasi Sharq qoʻlyozmalari instituti hamda milliy arxiv va kutubxonalardan 200 dan ziyod mutaxassis qatnashmoqda.

Tadbirning ilk kunida Islom sivilizatsiyasi markazining bugungi ijtimoiy-maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini yoritish boʻyicha 10 ta shoʻba ish olib boryapti. “Islomning yoyilishi” shoʻbasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov moderator sifatida ishtirok etdi. Unda islom sivilizatsiyasining taraqqiyot yoʻli, madaniy merosni asrab-avaylash va uning jahon ilm-fani rivojiga qoʻshgan hissasi atroflicha muhokama qilindi.

Forum doirasida Markaz muzeyi ekspozitsiyalarini boyitish, qoʻlyozma va artefaktlarni raqamlashtirish, xalqaro hamkorlik yoʻnalishlarini kengaytirish va zamonaviy multimedia texnologiyalaridan hartomonlama unumli foydalanish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, qator hamkorlik memorandumlari imzolanishi va Forum yakuniy deklaratsiyasining qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Yangi Oʻzbekistonda barqaror rivojlanish, tinchlik va islom maʼrifatining xalqaro eʼtirofi”

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida shu mavzuda ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat …