Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Musulmon olami ligasi Bosh kotibining oʻrinbosari, Islomiy fiqh akademiyasi Bosh kotibi doktor Abdurahmon ibn Abdulloh Zayd tashrif buyurdi.
Mehmon bilan uchrashuvda Markaz direktori Shovosil Ziyodov Oʻzbekistonda islomiy merosni oʻrganish, buyuk allomalar asarlarini tadqiq va targʻib etish borasida, shuningdek, jahon ilmiy jamoatchiligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Doktor Abdurahmon Zayd Oʻzbekistonda islom olamining yetuk allomalari merosini asrab-avaylash va keng targʻib etish yoʻlida olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berdi hamda Markaz bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini taʼkidladi.