Home / FOTO LAVHALAR / Ilmiy anʼanalar va yangi istiqbollar

Ilmiy anʼanalar va yangi istiqbollar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Oksford universiteti professori, tarixchi va islomshunos olim, Oksford Islom tadqiqotlari markazi direktori doktor Farxan Nizomiy rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar Markaz muzeyi va Imom Buxoriy ilmiy merosiga bagʻishlangan ekspozitsiya bilan tanishdi. Ularga Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, amalga oshirilayotgan ilmiy va maʼrifiy faoliyat, nashr ishlari va qoʻlyozmalarni tadqiq etish boʻyicha olib borilayotgan amaliy tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Muloqot chogʻida ilmiy muassasalar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar, Imom Buxoriy merosini oʻrganish va xalqaro miqyosda targʻib qilishdagi oʻzaro hamkorlikning ahamiyati haqida fikr almashildi. Jumladan, markazlararo shakllanib ulgurgan hamkorlik aloqalari, xususan, qoʻlyozmalarni oʻrganish, islom tarixi va merosiga oid ilmiy tadqiqotlar hamda axborot almashuvi borasidagi rejalar muhokama qilindi.

Tashrif samimiy va manfaatli ruhda oʻtdi.

 Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

 

Check Also

Imom Buxoriy asarlarini raqamlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi – xalqaro minbarda

8-oktyabr kuni Qozogʻiston Respublikasining Olmaota shahridagi Nur-Muborak Misr-Islom madaniyati universitetida “Raqamli makonda islom: gʻoyalar, platformalar …