Home / FOTO LAVHALAR / Yurt obodligi yoʻlidagi birdamlik tadbiri

Yurt obodligi yoʻlidagi birdamlik tadbiri

Obod va ozoda yurt – taraqqiyot timsoli, uning tarovati va goʻzalligi xalqimizning ezgu anʼanalari, jumladan, hashar orqali namoyon boʻladi. Tozalik, saranjomlik va ekologik muhitni yaxshilash maqsadida mamlakatimizda umumxalq xayriya hasharlari keng qamrovda tashkil etilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22–23-avgust kunlari Mustaqillik bayrami arafasida xayriya hasharlari oʻtkazish toʻgʻrisidagi Qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham umumxalq hashari tashkil etildi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori asosida oʻtkazilgan hasharda Markazning ilmiy-texnik va xoʻjalik xodimlari faol ishtirok etdi.

Hashar doirasida Markaz hududi tartibga keltirildi. Mavjud gulzor va daraxtlar sugʻorilib, qarovsiz xashaklardan tozalandi. Manzarali daraxtlar tagi yumshatildi, atrof-muhit begona oʻtlardan tozalanib, hudud yanada obodonlashtirildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Sogʻlom ong, sogʻlom jamiyat bilan – bunyodkor kelajak sari

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Xoʻjayli va Taxiatosh tumanlarida aholi oʻrtasida diniy-maʼrifiy yoʻnalishda targʻibot tadbirlari tashkil etildi. …