Home / FOTO LAVHALAR / “Sport – sogʻligimiz kafolati”

“Sport – sogʻligimiz kafolati”

Joriy hafta shu shior ostida Samarqand viloyatida diniy soha vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston davlat mustaqilligining 34-yilligiga bagʻishlab sport musobaqalari boʻlib oʻtdi. Tadbir Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Musobaqalar futbol, stol tennisi va shaxmat kabi sport turlari boʻyicha oʻtkazilib, barcha ishtirokchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat, doʻstona muhit va yuqori kayfiyat hukm surdi.

Tadbirning ochilish marosimida Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Ahmadxon Alimov bunday musobaqalarning asosiy maqsadi sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, diniy soha xodimlari oʻrtasida doʻstlik va birdamlikni mustahkamlash ekanini taʼkidladi.

Bellashuvlarda viloyat tumanlari imom-xatiblari qatorida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari ham faol ishtirok etdi. Markaz jamoasi futbol boʻyicha muvaffaqiyatli qatnashib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tadbir yakunida barcha gʻolib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Sogʻlom ong, sogʻlom jamiyat bilan – bunyodkor kelajak sari

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Xoʻjayli va Taxiatosh tumanlarida aholi oʻrtasida diniy-maʼrifiy yoʻnalishda targʻibot tadbirlari tashkil etildi. …