Home / FOTO LAVHALAR / Ilm yoʻlidagi doʻstona qadamlar

Ilm yoʻlidagi doʻstona qadamlar

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Qatar universitetining ISESCO kafedrasi mudiri, taniqli islomshunos olim doktor Azziddin Mamish tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida markaz rahbariyati va doktor Azziddin Mamish oʻrtasida samimiy va mazmunli muloqot boʻlib oʻtdi. Suhbat davomida tomonlar allomalar ilmiy merosini chuqur oʻrganish, ular asarlarining ilmiy ahamiyatini yosh avlodga yetkazish va xalqaro miqyosda keng targʻib qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Muloqot chogʻida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, xususan, ISESCO hamkorligida qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, konferensiyalar, seminarlar va tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi. Shu bilan birga, Imom Buxoriy markazi va Qatar universiteti oʻrtasida tajriba almashinuvi, ilmiy-tadqiqot natijalarini oʻzaro taqdim etish, yosh tadqiqotchilarni qoʻllab-quvvatlash kabi yoʻnalishlarda hamkorlik istiqbollari koʻrib chiqildi.

Mehmon markazda amalga oshirilayotgan ilmiy faoliyat bilan tanishib, xususan, Imom Buxoriy hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan ekspozitsiyalar, nashrlar va tadqiqot ishlariga yuqori baho berdi.

Uchrashuv yakunida doktor Azziddin Mamish Markaz jamoasiga minnatdorlik izhor etib, bunday muloqot va tashriflar ikki tomonlama ilmiy aloqalarni rivojlantirishda, shuningdek, buyuk mutafakkirlar merosini xalqaro miqyosda targʻib etishda muhim qadam ekanini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Kech antik davrdan ilk islom davrigacha boʻlgan Markaziy Osiyo (Sugʻdiyona)da Baqtriya tuyalarining tasavvurdagi ifodalari

📢 DIQQAT, E’LON! ✅ Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Gamburg universitetining Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti …