Home / FOTO LAVHALAR / Maʼrifiy uchrashuvlarning galdagisi – Paxtakorda

Maʼrifiy uchrashuvlarning galdagisi – Paxtakorda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Jizzax viloyati Paxtakor tumanida tuman hokimligi hamkorligida korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari hamda maʼnaviyat sohasi faollari ishtirokida “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash hamda diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Markaz xodimi B.Mahmudov yigʻilganlarga Konsepsiyaning mazmun-mohiyati, diniy bagʻrikenglik, vijdon erkinligi va jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan davlat siyosatining asosiy tamoyillarini atroflicha tushuntirib berdi. Shuningdek, hozirgi kunda amalga oshirilayotgan diniy sohaga oid ijtimoiy islohotlar va ularning ahamiyatiga alohida toʻxtaldi.

Ishtirokchilar bu kabi tadbirlar jamiyatda tinchlik, hamjihatlik va umumiy maʼnaviy barqarorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Konsepsiya – jamiyatda totuvlik va maʼrifat asosi sifatida

Jamiyatda bagʻrikenglik, totuvlik va vijdon erkinligini mustahkamlash, shuningdek, aholi orasida diniy sohaga oid davlat siyosatini …