Home / FOTO LAVHALAR / Maʼnaviy barqarorlik va vijdon erkinligi — davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Maʼnaviy barqarorlik va vijdon erkinligi — davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Yosh avlod ongini sogʻlom ruhda tarbiyalash, buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrash va vijdon erkinligi hamda bagʻrikenglik tamoyillariga asoslangan davlat siyosatini fuqarolar orasida keng targʻib qilish — bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan joylarda tashkil etilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida navbatdagi uchrashuv Samarqand tumanida oʻtkazildi. Unda tumandagi umumtaʼlim maktablari direktorlari va ularning oʻrinbosarlari, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi J.Jumayev maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yoshlar hayotidagi roli, diniy va mafkuraviy savodxonlikni oshirishning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritdi. Ayniqsa, yoshlar qalbida milliy va diniy qadriyatlarga muhabbat uygʻotish, ularni yot gʻoyalardan asrash uchun zarur bilim va tushunchalar berish lozimligiga eʼtibor qaratdi. Taʼlim tizimi rahbarlari yoshlar ongini himoya qilish, ularni turli mafkuraviy taʼsirlardan asrashda yetakchi maʼrifiy kuch sifatida faol ishtirok etishi zarurligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasida vijdon erkinligini taʼminlash, diniy sohada amalga oshirilayotgan insonparvar va ochiq siyosatning asosiy jihatlari hamda mazkur konsepsiyaning jamiyatda tinchlik va totuvlikni taʼminlashdagi ahamiyati haqida keng maʼlumotlar berildi.

Xuddi shunday tadbir “Maroqand” tantanalar saroyida tumandagi MFY raislari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolari bilan ham tashkil etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Shajarashunoslikdan yuksak ilm sari: Maxdumi Aʼzam avlodlari izidan

Yaponiyaning Tokio universiteti dotsenti, tarixshunos olim Yayoi Kavahara Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda …