Home / XALQARO YANGILIKLAR / XALQLARIMIZNI YAGONA DIN, OʻXSHASH QADRIYATLAR, TARIXIY VA MADANIY MUSHTARAKLIK BIRLASHTIRIB TURADI

XALQLARIMIZNI YAGONA DIN, OʻXSHASH QADRIYATLAR, TARIXIY VA MADANIY MUSHTARAKLIK BIRLASHTIRIB TURADI

Asep Sayfuddin Johar – Sharif Hidoyatullo nomidagi Jakarta davlat islom universiteti rektori

Oʻzbekiston hududi qadimdan dunyoning ilm-fan, maʼrifat va madaniyat markazlaridan biri hisoblanadi. Azaldan islom olamida yuksak nufuzga ega boʻlgan. Bu zaminda Imom Buxoriy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, Imom Moturudiy kabi buyuk olim va donishmandlar dunyoga kelgan.

Indoneziyaga islom dini kirib kelib, mustahkam ildiz otishida Samarqand diyoridan yetishib chiqqan allomalarning oʻrni beqiyos. Xususan Malik Ibrohim Samarqandiy shaxsiyati alohida eʼtiborga molik. Bugungi kunda uning qabri moʻtabar ziyoratgohga aylangan boʻlib, Indoneziyadagi “Wali Songo” avliyolar silsilasining asoschisi sifatida qabul qilinadi. Uning nomini yanada abadiylashtirish maqsadida Indoneziyaning Malang viloyatida Malik Ibrohim Samarqandiy nomidagi universitet ochilgan.

Universitetimizda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiya mamlakatlarimiz oʻrtasida taʼlim sohasidagi aloqalarni rivojlantirishga, Imom Buxoriy merosini tadqiq etish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni ishlab chiqishga hamda universitetlararo muloqot platformasini yaratishga qaratilgan.

Manba: “Dunyo” AA

Check Also

Xalqaro anjumanda yurtimiz nashrlari namoyishi

3-iyul kuni Jakartada “Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: Hadis ilmlari va intellektual aloqalar” mavzusida boshlangan xalqaro ilmiy-amaliy …