Home / FOTO LAVHALAR / Xalqaro anjumanda yurtimiz nashrlari namoyishi

Xalqaro anjumanda yurtimiz nashrlari namoyishi

3-iyul kuni Jakartada “Movarounnahrdan Janubi-Sharqiy Osiyoga: Hadis ilmlari va intellektual aloqalar” mavzusida boshlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning birinchi ish kunida yurtimizda bosmadan chiqqan diniy-maʼrifiy sohaga oid adabiyotlar taqdimoti oʻtkazildi.

Alloma ajdodlarimiz ilmiy merosini oʻrganish, targʻib etish, oʻzbek tiliga oʻgirish va nashr qilish Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining bosh vazifalaridan sanaladi. Taqdimotda Markazning bu boradagi faoliyati natijalari yana bir bor yaqqol namoyon boʻldi. Ilmiy xodimlarimiz mehnati mahsuli boʻlmish kitoblar, risolalar, tarjima ishlari keng namoyish qilindi.

Ishtirokchilarga ushbu nashrlarning mazmun-mohiyati, ilmiy va tarixiy ahamiyati, zamonaviy islomshunoslikda tutgan oʻrni haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Konferensiya qatnashchilari taqdim etilgan asarlarga katta qiziqish bildirib, mazkur ilmiy natijalar Movarounnahrning islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan oʻrni haqida yanada aniq va koʻlamli tasavvur berishini taʼkidladi.

Anjuman doirasida mamlakatimiz hududidagi tabarruk qadamjolar haqida videoroliklar ham namoyish etildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Islom ilmlari va maʼnaviyatining buyuk merosi – muhokamada

Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi olimlarining Beshinchi onlayn seminari …