Home / FOTO LAVHALAR / Sogʻlom fikr – sogʻlom jamiyat garovi

Sogʻlom fikr – sogʻlom jamiyat garovi

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida ustoz-murabbiylar va yosh sportchilar ishtirokida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Yoshlar ongida sogʻlom tafakkurni shakllantirish, ularni yot gʻoya va aqidaviy tahdidlardan himoya qilish, maʼrifat va maʼnaviyat asosida jaholatga qarshi kurashish shiorini targʻib etish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda Markaz ilmiy xodimi B.Mahmudov jaholatning hozirgi koʻrinishlari, oqibatlari va unga qarshi kurashishda taʼlim-tarbiya, maʼrifat va faol fuqarolik pozitsiyasining ahamiyati haqida soʻzladi.

Shuningdek, maʼruza davomida yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni millat va davlatga sadoqat, umuminsoniy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida ham fikr yuritildi. Qayd etilganidek, Konsepsiya nafaqat din va eʼtiqod erkinligini kafolatlash, balki yoshlar orasida sogʻlom tafakkurni qaror toptirish, radikal gʻoyalarga tanqidiy munosabatni shakllantirish va shu orqali jamiyatda maʼnaviy barqarorlikni taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

Ayni paytda Konsepsiyada taʼlim muassasalarida diniy-maʼrifiy savodxonlikni oshirish, ekstremizm va fanatizm kabi tahdidlarga qarshi immunitet yaratish, maʼrifat orqali jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabi vazifalarga ham ustuvor ahamiyat berilgan. Bu esa, ayniqsa, sportchilar singari faol va tashabbuskor yoshlar uchun juda muhim platforma hisoblanadi.

Tadbir yoshlarda masʼuliyat tuygʻusini, maʼrifiy immunitetni kuchaytirish, sogʻlom dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Dolzarb mavzuda ochiq muloqot

Jizzax davlat politexnika institutida “Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati …