Home / FOTO LAVHALAR / Yangi hayot, yangi jamiyat qurish yoʻlida

Yangi hayot, yangi jamiyat qurish yoʻlida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Samarqand agrar-innovatsion va tadqiqotlar instituti hamkorligida “Diniy maʼrifat va madaniy meros: Oʻzbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan hissasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Unda Markaz ilmiy xodimlari, institut oʻqituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Soʻzga chiqqanlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda maʼnaviyat, maʼrifat masalalariga davlat siyosati darajasida eʼtibor qaratilayotgani, bundan maqsad esa bugungi murakkab va tahlikali zamonda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz farovonligini taʼminlash, yoshlarimizni milliy qadriyatlarimiz asosida vatanparvarlik, fidoyilik va yaratuvchanlik ruhida tarbiyalashdan iborat ekanini taʼkidladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Bayozxon Mahmudov islom sivilizatsiyasi ravnaqida yurtimizning munosib oʻrni va tarixiy hissasi borligini misollar bilan bayon qildi. Mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat qurish yoʻlida diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida maʼlumotlar berdi.

Qatnashchilar yurtimizda din va eʼtiqod erkinligini taʼminlash, bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga qaratilgan islohotlar xususida atroflicha maʼlumotlarga ega boʻldi.

Tadbir qizgʻin muloqot tarzida, koʻtarinki ruhda oʻtdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Islohotlar, ong va maʼrifat – muhokama markazida

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” saroyida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi hamda Din ishlari boʻyicha …