Home / FOTO LAVHALAR / Islohotlar, ong va maʼrifat – muhokama markazida

Islohotlar, ong va maʼrifat – muhokama markazida

Samarqand shahridagi “Yoshlar markazi” saroyida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi hamda Din ishlari boʻyicha qoʻmita va Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Samarqand viloyati boʻlimlari hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida keng qamrovli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda viloyat shahar va tumanlarda maʼnaviy-maʼrifiy sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, oliy taʼlim muassasalarining oʻqituvchi va tyutorlari, imom-xatiblar, imom-noiblar, otinoyilar va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi.

“Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlari: zamonaviy yondashuvlar” mavzusida tashkil etilgan tadbirda diniy sohadagi davlat siyosatining huquqiy, institutsional va maʼrifiy asoslari haqida soʻz yuritildi.

Tadbir ishtirokchilariga Prezidentimizning joriy yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni mazmun-mohiyati, shuningdek, unga muvofiq tasdiqlangan “Diniy-maʼrifiy soha faoliyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi”ning ahamiyati va ijrosining borishi haqida batafsil tushuncha berildi.

Tadbir davlat va jamiyat hayotida dinning oʻrnini toʻgʻri anglash, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni qoʻllab-quvvatlash hamda jamiyatda bagʻrikenglik va maʼnaviy barqarorlikni mustahkamlash yoʻlida muhim qadam boʻlib, soha mutaxassislarining bilim va tajribasini oshirish, yosh avlod ongida sogʻlom dunyoqarashni shakllantirishda amaliy ahamiyat kasb etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Vijdon erkinligi va din sohasidagi davlat siyosati: Mazmun va amaliy ifoda

Yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligini mustahkamlash, diniy sohani sogʻlom va barqaror asosda rivojlantirish mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining …