Home / FOTO LAVHALAR / Markaz ilmiy xodimi – Turkistondagi xalqaro simpoziumda

Markaz ilmiy xodimi – Turkistondagi xalqaro simpoziumda

Ayni soatlarda Qozogʻiston Respublikasi, Turkiston shahrida “Ahmad Yassaviy ilmiy merosi zamonlar va madaniyatlar muloqotida: Insonparvarlik anʼanalari va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida xalqaro simpozium boshlanish arafasida.

Mazkur nufuzli anjuman Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va axborot vazirligining Madaniyat qoʻmitasi, “Azret Sultan” (“Hazrati Sulton”) milliy tarixiy-madaniy muzey-qoʻriqxonasi hamda Islom hamkorlik tashkilotining Islom tarixi, sanʼati va madaniyati boʻyicha tadqiqot markazi (IRCICA) hamkorligida tashkil etilgan.

Anjumanda turli davlatlardan tarixchi, faylasuf, filolog, sharqshunos va madaniyatshunos olimlar, muzey va ilmiy markazlar mutaxassislari qatnashmoqda.

Forumda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining katta ilmiy xodimi Mexrojiddin Amonov ham ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz vakili anjuman ishi davomida maʼruza qilishi rejalashtirilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Qoʻlyozma meros va zamonaviy tadqiqotlar

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Milliy tarix va jahon tarixining zamonaviy talqini: Muammo va yechimlar” …