Home / FOTO LAVHALAR / Ilm-fandagi yangicha yondashuvlarga bagʻishlandi

Ilm-fandagi yangicha yondashuvlarga bagʻishlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikda “Ilm-fandagi zamonaviy tendensiyalar” mavzusida ilmiy seminar oʻtkazildi.

Institut rektorati, ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-oʻqituvchilari, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar ishtirokida tashkil etilgan seminarda Markaz direktorining Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Toʻrayev maʼruza qildi.

Olim zamonaviy ilm-fan tizimida falsafiy tafakkurning mohiyatini ochib, jamiyatda sunʼiy intellekt, texnik va texnologik jarayonlarni tezkor rivojlantirishda inson aql-zakovati va moslashuvchanligini oʻrganish borasida sinergetik metodologiyaning ahamiyatini asoslab berdi.

Seminarda chiziqli va nochiziqli rivojlanish hamda tizimlarning xaos (betartiblik) sharoitida shakllanishiga oid konsepsiyalar borasida ham fikr almashildi.

Ishtirokchilar tomonidan oliy taʼlim muassasalarida ijtimoiy fanlar oʻrganilishini yanada yaxshilash va oʻquv dasturlarini takomillashtirishga oid qator takliflar oʻrtaga tashlandi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Dunyo moturidiyshunoslari Samarqand ziyoratida

Samarqandda “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘’tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilmoqda. Din ishlari …