Home / MAQOLALAR / ERKAKLARNING AYOLLARDAN USTUNLIGI KABI…

ERKAKLARNING AYOLLARDAN USTUNLIGI KABI…

Muhammad aytganlar: “Abu Toyyib Hotim ibn Mansur Kissiyning: “Muhammad ibn Ismoil hadis ilmida va iqtidorining oʻtkirligida Alloh taoloning moʻjizalaridan biridir”, – deganlarini eshitdim”.

   Muhammad aytganlar: “Abu Amr Mustanir ibn Atiqning: “Hofiz Rajo: “Imom Buxoriyning boshqa olimlardan ustunliklari erkaklarning ayollardan ustunligi kabidir”, – dedilar. “Ey Abu Muhammad, Imom Buxoriy olimlarning hammasidan ustunmi?” – deb soʻrashganda, u kishi: “Imom Buxoriy Alloh taoloning yer yuzida yurgan moʻjizalaridan biridir”, – deya javob berdilar”, – deganlarini eshitdim”.

   Muhammad aytganlar: “Muhammad ibn Laysning huzurlarida Abdulloh ibn Abdurahmon Dorimiy va imom Buxoriy ismlari zikr qilinganda, oʻtirganlardan baʼzilari Dorimiyni Buxoriydan ustun qoʻyishganida: “Dorimiyni sheʼr va arab tili qoidalari bobida Buxoriydan ustun qoʻysangiz boʻladi. Ammo ilmda bu kishini Buxoriydan yuqori qoʻymanglar”, – deganlarini eshitdim”.

Manba: “Mashhur daholar siyrati” (Siyaru aʼlamin nubalo) kitobidan

Check Also

ISTIGʻFORNING 72 ta XISLATI

ISTIGʻFORning 72 ta XISLATIni ULUGʻ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar: Kalomulloh – Qurʼoni karimning muborak …