Home / FOTO LAVHALAR / GЕRMANIYADA ILMIY SЕMINAR ISH BOSHLADI

GЕRMANIYADA ILMIY SЕMINAR ISH BOSHLADI

Bugun Germaniyadagi Frayburg universitetida “Milliy davlatlar va Qurʼon: postsovet hududida tarjimonlar, rivoyatlar va munozaralar” mavzusida xalqaro ilmiy seminar oʻz ishini boshladi.

Seminar ishida Yevropa Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalaridan taniqli islomshunos olim va ekspertlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari doktori, dotsent Shovosil Ziyodov ham ishtirok etmoqda.

   

Ikki kun davom etadigan anjumanda oʻzbekistonlik olim tomonidan “Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Qurʼon tafsiri tarjimasi” mavzusida maʼruza qilinishi koʻzda tutilgan.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

MAKKA BILAN TOSHKENT OʻRTASIDA MAʼRIFIY MULOQOT

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita vakillari …