O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosi, islom dinining insonparvarlik tamoyillarini targ‘ib etish maqsadida Imom Buxoriyning «Sahihul Buxoriy» asari asosida o‘tkazib kelinayotgan «Islom san’ati» xalqaro onlayn ko‘rgazmasiga chet el jamoatchiligining qiziqish ortib, tadbirning geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Bu galgi ko‘rgazma Fransiya ilmiy-madaniy jamoatchiligiga namoyish etildi. Tadbir O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi ko‘magida Imom Buxoriy …
Batafsil“Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzuidagi onlayn-seminarlar davom etmoqda
Avval xabar berilganidek, 8 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazib kelinayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzui doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn-seminarlarning navbatdagisi boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, …
BatafsilQirgʻizistonlik yoshlar – Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida
Joriy yil 24-31 may kunlari Germaniyaning Konrad Adenauer jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi va “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida mazkur jamgʻarmaning Qirgʻizistondagi stipendiat-talaba yoshlari uchun mamlakatimizga ziyorat-tur tashkil etildi. Tadbir doirasida qirgʻizistonlik mehmonlar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham boʻldi. Markaz direktori Sh.Ziyodov mehmonlarga dastlab yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot …
BatafsilBuxoriy: Islom sanʼati koʻrgazmasi
Oʻzbekistonning madaniy va tarixiy merosini targʻib qilish, islom dinining haqiqiy qadriyatlarini ochib berish maqsadida Buyuk Britaniyada boʻlib oʻtayotgan ijtimoiy fanlar xalqaro festivali doirasida islom olamining buyuk olimi Imom Buxoriy hadislaridan ilhomlangan ijod ahlining islom sanʼati koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Koʻrgazma Buyuk Britaniyaning Dacore IT kompaniyasi, Lester universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom …
BatafsilXALQARO ALOQALARNING YANGI UFQLARI
Yurtimizda yashab ijod qilgan buyuk allomalarimizning hayoti va ilmiy merosini, jahon ilm-fan taraqqiyoti va islom sivilizatsiyasiga qoʻshgan hissasini oʻrganish ilmiy-tadqiqot markazlari va shu yoʻnalishdagi taʼlim muassasalarining oldiga qoʻyilgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qator xalqaro ilmiy muassasalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatgan. Jumladan, Malayziya davlatining …
BatafsilHAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMASI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Malayziya Islom sivilizatsiyasi instituti oʻrtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish doirasida 25 may kuni Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan onlayn uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, “Eurosoft-DecorIT LLC” axborot texnologiyalari tashkiloti, Malayziya Islom sivilizatsiyasi instituti vakillari va diplomatlar ishtirok etdi. Uchrashuvda Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi …
BatafsilIndoneziya parlamenti vakillari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi
Ayni kunlarda rasmiy tashrif bilan yurtimizda mehmon boʻlib turgan Indoneziya Respublikasi parlamenti Vakillar palatasi Spikerining sanoat va taraqqiyot masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rahmat Gobel boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari 19 may kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishdi. Markaz direktori Sh.Ziyodov mehmonlarga mazkur ilmiy muassasaning tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, xalqaro …
BatafsilMisrdan nigoh: Oʻzbekistonda ijtimoiy-siyosiy, jumladan, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarning yangi yoʻli kuzatilmoqda
Misrda chop etiladigan “Al-Maxrusa al-Axbariya” va “Al-Xabar al-Yaum” nashrlari sahifalarida jurnalist Fotima Badavi qalamiga mansub “Oʻzbekistonda diniy islohotlar – xalqaro darajadagi ibrat namunasi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. Unda bugungi kunlarda Oʻzbekistonda barcha diniy konfessiyalar uchun mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida samarali va erkin ishtirok etishiga imkon beradigan ijtimoiy-siyosiy, …
BatafsilAfgʻonistondan munosabat: Oʻzbekiston diniy-maʼrifiy ilmlar sohasida dunyoning yetakchi markazlaridan biriga aylanmoqda
Afgʻoniston Ulamolar kengashi raisining islom taʼlimoti boʻyicha oʻrinbosari Muhammad Orif Malikyor “Dunyo” AA muxbiriga Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda diniy-maʼrifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan yutuqlar haqidagi fikr-mulohazalarini izhor qildi. “Joriy yil mart oyida Afgʻoniston Haj va din ishlari vaziri Muhammad Qosim Halimiy rahbarligidagi delegatsiya bilan doʻst va birodar Oʻzbekistonga safar qilganimizni mamnuniyat …
BatafsilALЕKSANDR NAYMARK – ISLOM TARIXI HAQIDA
Avval xabar berilganidek, 4 may kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida tashkil qilingan onlayn-seminarning navbatdagisi boʻlib oʻtdi. Tadbirda yurtimizda diniy-maʼrifiy yoʻnalishda faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot va muassasalar ilmiy xodimlari va talabalar, shuningdek, AQSH, Germaniya, Turkiya …
Batafsil