Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “XXI ASR: FALSAFA VA FIZIKANING KUTILAYOTGAN UYGʻONISHI (RЕNЕSSANSI)” mavzuidagi xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi. Onlayn va anʼanaviy tarzda tashkil etilgan seminarda Markaz ilmiy xodimlari, hamkor tashkilotlar, yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari, tadqiqotchilar, jamoat va din arboblari ishtirok etdi. Seminarni Markaz direktori, tarix fanlari doktori, …
BatafsilHamkorlikka tamal toshi qoʻyildi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Eron Islom Respublikasidagi Al-Mustafo xalqaro universitetining tilshunoslik va islom taʼlimi boʻlimi mudiri Ali Purmand Muhsiniy rahbarligidagi delegatsiya keldi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarni qabul qilib, ilmiy faoliyat davomida erishilgan natijalar xususida maʼlumot berdi. Delegatsiya aʼzolari yaratilgan sharoitlar hamda mehnat samaralaridan mamnuniyat izhor etib, ilmiy jamoa …
BatafsilMARKAZ XALQARO TURIZM FЕSTIVALI QATNASHCHILARINI QARSHI OLDI
Shu kunlarda Oʻzbekiston boʻylab davom etayotgan III Xalqaro Naqshbandiya turizm festivali qatnashchilari Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida mehmon boʻldi. Festival 2022 yil noyabr oyida yurtimizda oʻtkazilgan Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi mobaynida Jahon soʻfiylar markazi Bosh kotibi Abdulkarim Hadoid bilan erishilgan kelishuvga asosan tashkil etilgan boʻlib, 22 fevral kuni poytaxtimizda start …
BatafsilMARKAZGA MASHHUR ASAR NUSXASI KЕLTIRILDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga muhaddislar sultoni qalamiga mansub “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining 3 jilddan iborat arab va indonez tillaridagi nusxasi olib kelindi. Kitoblar Markazga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining oʻrinbosari, Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijrochi kotibi Armida Alisjabana tomonidan taqdim etildi. Alisjabana xonim oʻtgan yilning …
BatafsilTURKIYALIK HADISSHUNOS OLIMLAR – MARKAZ MЕHMONI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Anqara Yildirim Boyazid universiteti katta ilmiy xodimi Aliasqarxon Qosimov hamrohligida Turkiya Respublikasining Diniy ishlar vazirligi fatvo hayʼati raisi, Anqara universiteti professori, Ilohiyot fakultetining hadisshunoslik boʻlimi mudiri Enbiya Yildirim va Ordu universiteti dotsenti Yunus Yazichi tashrif buyurdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov mehmonlarga bu yerda olib …
BatafsilMARKAZNING XALQARO ALOQALARI GЕOGRAFIYASI KЕNGAYMOQDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Avstriya Fanlar akademiyasi huzuridagi Eronshunoslik instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi. 1847 yilda bilimdonlar jamiyati sifatida tashkil etilgan Avstriya Fanlar akademiyasi bugungi kunda ushbu mamlakatdagi eng yirik ilmiy-tadqiqot muassasasi boʻlib, uning 800 ga yaqin aʼzosi va 1800 nafar xodimi bor. Akademiya madaniyat …
BatafsilMARKAZ OLIMINING TADQIQOTI QOZOGʻISTON ILMIY NASHRIDA EʼLON QILINDI
Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligining Arxiv ishlari va hujjatlar qoʻmitasi huzuridagi “Qoʻlyozmalar va nodir kitoblar milliy markazi” nashri hisoblangan “ULY DALA MURASI” (“Buyuk dasht merosi”) ilmiy-ommabop jurnalining yangi sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Otabek Muhammadiyevning Alouddin Usmandiy qalamiga mansub “Tariqatul xilof …
BatafsilGLOBAL ISLOM TARGʻIBOTINI HARAKATLANTIRGAN VA JADALLASHTIRGAN MUHIM OMIL
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Bruney Darussalom islom universiteti huzuridagi Ahli sunna val jamoa tadqiqot markazi hamkorligida “Janubi-Sharqiy Osiyoda islom mohiyatini targʻib qilishda Naqshbandiya tariqatining oʻrni” mavzuida onlayn seminar oʻtkazildi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Singapur, Malayziya va Indoneziyadagi ilmiy-maʼrifiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, mamlakatimizning yetakchi oliy taʼlim va …
BatafsilMUHAMMAD IBN HASAN SHAYBONIY ILMIY MЕROSIGA BAGʻISHLANDI
Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasidagi Bulgʻor islom akademiyasida buyuk hanafiy olim Muhammad ibn Hasan Shayboniy hayoti va ilmiy merosiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Alloma hijriy 132 yili dunyoga kelgan. Ilmga ishtiyoqi kuchliligidan oʻsmirligidayoq ilm maskani sanalgan Kufaga koʻchib borgan. Muhammad ibn Hasan Shayboniy oʻz davrida Abu Hanifaga shogird tushgan, Abu Yusuf …
Batafsil“Sahihi Buxoriy” sharhi – xorijiy nashrlar eʼtirofida
Malayziya Milliy universiteti qoshidagi Islom sivilizatsiyasi institutining Internet tarmogʻidagi veb-saytida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Kamola Hasanovaning “Muqaddas kitobga mufassal sharh” nomli maqolasi eʼlon qilindi. Maqola Imom Buxoriyning yaqinda oʻzbek tilida chop etilgan “Sahihi Buxoriy” asari sharhi kitobi haqida boʻlib, Samarqandda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Hadis ilmi …
Batafsil