Home / XALQARO YANGILIKLAR (page 27)

XALQARO YANGILIKLAR

Markaz rahbari Turkiyaning yana bir yirik oliy oʻquv yurti mehmoni

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov Turkiya safari davomida Denizli shahridagi Pamukkale universitetiga tashrif buyurdi. 1992 yilda asos solingan Pamukalle universiteti mamlakatning yirik davlat oliy oʻquv yurtlaridan biri boʻlib, unda har yili 34 mingga yaqin talabaga 2000 nafardan ziyod oliy toifali oʻqituvchilar taʼlim beradi. Hozirda universitet Turkiya universitetlari orasida …

Batafsil

DUNYODAGI ENG YIRIK QOʻLYOZMA KUTUBXONALARIDAN BIRIGA TASHRIF

Turkiya safarida boʻlib turgan delegasiya aʼzolari Istanbul shahridagi Sulaymoniya kutubxonasiga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif doirasida kutubxona rahbari doktor Husayn Kutan bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda kutubxona tarixi, qoʻlyozmalarni yigʻish, ularni taʼmirlash, faksimile nusxalarini yaratish, saqlash sharoitlari boʻyicha maʼlumot berildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, oʻzaro tajriba …

Batafsil

DЕLЕGASIYA AʼZOLARI IRCICA MЕHMONI

Ayni kunlarda Turkiya safarida boʻlgan Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari delegatsiyasi Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA – IRSIKA) ga tashrif buyurib, markaz Bosh direktorining oʻrinbosari Prof. Dr. Abu Bakar Senghore, Bosh direktor maslahatchisi Prof. Dr. Sadiq Unay va markazning …

Batafsil

MARKAZ RAHBARI TURKIYADAGI YIRIK XAYRIYA TASHKILOTLARIDAN BIRIDA BOʻLDI

Ayni kunlarda Turkiya safarida boʻlib turgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov Istanbuldagi İLAM ilmiy-tadqiqot markazi kutubxonasi va Aziz Mahmud Xudoyi Vaqfiga tashrif buyurib, Vaqfning xalqaro aloqalar boʻyicha mutasaddi vakili Abdurahmon Toʻpbosh bilan uchrashdi. Mahmud Xudoyi Vaqfi XVI asrda Turkiyada yashab oʻtgan yetuk diniy ulamo, maʼnaviyat targʻibotchisi Aziz …

Batafsil

DЕLЕGASIYAMIZ VAKILLARI TURKIYA SAFARIDA XALQARO KONFЕRЕNSIYA ISHIDA ISHTIROK ETISHMOQDA

Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya Respublikasiga tashrifining uchinchi kunida Istanbul shahridagi Sulton Ahmad majmuasida joylashgan Dorul Maxtutot markazida oʻtkazilayotgan “Hijriy yettinchi asr qoʻlyozmalari: ilmlar va olimlar” nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etishmoqda. Dunyoning turli mamlakatlaridan oʻttiz nafarga yaqin olimlar qatnashayotgan mazkur konferensiya ishida delegatsiyamiz aʼzolari ham maʼruza bilan chiqish …

Batafsil

Malayziyaning “Eng yaxshi xususiy tadbirkorlik universiteti” delegatsiyasi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya fan va menejment universiteti Prezidenti professor Mohd Shukri Ab Yazid boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Malayziya fan va menejment universiteti 2001 yilda tashkil etilgan boʻlib, ayni paytda jahon reytingida 551 oʻrinni, Osiyo davlatlari reytingida esa 139 pogʻonani egallab turibdi. Jami 11 ta fakultetda 100 dan …

Batafsil

Turkiyaning Anqara Yildirim Boyazid universitetida Oʻzbekiston bogʻi barpo etilmoqda

Turkiya safari davomida Imom Buxoriy va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Anqara Yildirim Boyazid universitetiga tashrif buyurdilar. Tashrif doirasida delegatsiya vakillari universitet rektori professor Ibrahim Aydinli bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, Anqara Yildirim …

Batafsil

“Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzuidagi onlayn seminarlar davom etmoqda

Joriy yilning 2 noyabr kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari, …

Batafsil

Anqara shahridagi Turkiya Milliy kutubxonasi maʼmuriyati bilan uchrashuv

Ayni kunlarda Turkiyada amaliy safarda boʻlib turgan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya Anqaradagi Turkiya Milliy kutubxonasiga tashrif buyurdi. Tashrif avvalida tomonlar kutubxona va markazlar faoliyati bilan tanishdilar. Milliy kutubxonadagi kitoblar va qoʻlyozmalar haqida maʼlumotlar olindi. Unga koʻra hozirda kutubxonaning qoʻlyozmalar …

Batafsil

Delegatsiyamiz aʼzolari Turkiya millat kutubxonasida boʻlishdi

Turkiya safarining dastlabki kuni yakunida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlaridan iborat delegatsiya vakillari Turkiya millat kutubxonasiga ham tashrif buyurib, u yerdagi nodir qoʻlyozmalar, qadimiy hamda zamonaviy manbalar bilan yaqindan tanishdilar. Eʼtiborli jihati shundaki, mazkur kutubxonada Oʻzbekiston burchagi ham tashkil qilingan boʻlib, unda …

Batafsil