Home / XALQARO YANGILIKLAR (page 23)

XALQARO YANGILIKLAR

IMOM BUXORIY XALQARO STIPЕNDIYASINING YANA BIR SOVRINDORI BILAN TANISHING

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi taʼsis etgan xalqaro stipendiyaning yana bir sovrindori, Parijdagi Kollej de Frans (Collège de France) oʻquv-tadqiqot muassasasi olimasi, filologiya va tarix fanlari doktori Mari EFTIMIYU xonim markazga yetib keldi. Fransiyalik tadqiqotchini direktor Sh.Ziyodov qabul qilib, dastur gʻolibligi bilan qizgʻin muborakbod etdi va Markazdagi ilmiy ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. …

Batafsil

IRSIKA rahbari Markaz mehmoni

Bugun Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Islom hamkorlik tashkiloti (OIS)ning Islom tarixi, sanʼati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA – IRSIKA) Bosh direktori professor, Dr. Mahmud Erol Qilich tashrif buyurdi. Markazga ilk bor kelayotgan mehmon direktor Shovosil Ziyodov va bir necha ilmiy xodimlar tomonidan kutib olinib, …

Batafsil

MARKAZ XALQARO STIPЕNDIYANING ILK SOVRINDORINI QARSHI OLDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taʼsis etilgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturining ilk gʻolibi – Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Mohd Al Adib Samuri markazga keldi.  Stipendiat direktor Shovosil Ziyodov tomonidan kutib olinib, Markaz va uning faoliyati, muzey hamda undagi tarixiy eksponatlar, kutubxona, ilmiy jamoa …

Batafsil

Xayrli ishlar bardavom boʻladi

Ayni kunlarda mamlakatimizda boʻlib turgan Turkiyaning Diyonat ishlari boshqarmasi, Diyonat vaqfi va Anadolu axborot agentliklari hamda Germaniyaning Diyonat ishlari Turk-islom birligi tashkiloti vakillaridan iborat delegatsiya Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida Markazga tashrif buyurdi. Xorijlik mehmonlar direktor Shovosil Ziyodov boshchiligida ilmiy xodimlar tomonidan kutib olindi va …

Batafsil

Samarqandlik allomalar ilmiy merosi xorijlik tadqiqotchi nigohida

Ayni paytda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Turkiyaning Anqara universiteti ilohiyot fakulteti doktoranti Mine Demirbilek ilm istagida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi. Turkiyalik yosh tadqiqotchi “Hijriy IV-V asrlarda Movarounnahr mintaqasi hanafiylari oʻrtasidagi farqlar” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ustida tadqiqotlar olib …

Batafsil

Yakunlangan trening hali davom etadi

Oʻtayotgan hafta soʻngida AQSH Tinchlik instituti tomonidan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun “Tinchlik uchun pedagogika” dasturi doirasida “Strategik rejalashtirish va tatbiq etish” mavzusida Buxoro shahrida oʻtkazilgan 5 kunlik amaliy trening mashgʻulotlari nihoyasiga yetdi. Mashgʻulotlar yakunida Markaz direktori Shovosil Ziyodov soʻzga chiqib, trenerlarga alohida minnatdorlik izhor etdi va trening …

Batafsil

Hamkorlikning istiqbollari porloq

Ayni kunlarda mamlakatimizda mehmon boʻlib turgan Turkiyaning Dijle universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori Mehmet Karokoch Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga keldi. Uni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori O.Muhammadiyev kutib oldi. Mehmonga dastavval Markaz muzeyi faoliyati yuzasidan hamda qadimiy buyumlar va nodir qoʻlyozma nusxalari bilan birga Imom Buxoriy …

Batafsil

PAN GI MUN OʻZBЕKISTONDAGI IJTIMOIY-SIYOSIY ISLOHOTLARNI YUKSAK BAHOLADI

Oksford islom tadqiqotlari markazida akademik doiralar vakillari va ilmiy tadqiqotchilarning BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Yuqori martabali mehmon “Global muammolar va ularni bartaraf etish” masalalariga bagʻishlab, “Iqlim oʻzgarishlari va pandemiya” mavzuida maʼruza qildi. Darhaqiqat, iqlim oʻzgarishlari bir necha oʻn yillardan buyon butun bashariyatni tashvishga …

Batafsil

MOVAROUNNAHR TARIXIGA NAZAR

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminar oʻtkazildi. Bu galgi seminarda Fransiya milliy tadqiqotlar markazi qoshidagi Sharq va Gʻarb arxeologiyasi va filologiyasi qoʻshma …

Batafsil

Sali Shahsivari: “Oʻzaro hamkorlik manfaat olib kelmoqda”

Buyuk Britaniyadagi Oksford islom tadqiqotlari markazi tadqiqotchilari – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shukrullo Umarov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ziyorat turizmini rivojlantirish ilmiy boʻlimi boshligʻi Barot Amonov Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov hamrohligida “Al-Furqon” islom merosi fondida boʻlishdi. Mehmonlarni fond …

Batafsil