Buxoro 1219 yilda Chingizxon tomonidan zabt etilgach, xarobaga aylantiriladi. Ibn Battuta taʼkidlab oʻtganidek, u yerdagi masjidlar, madrasalar va bozorlarning aksariyati vayron qilinadi, aholining hayoti qiyinlashadi. Buxorodagi bu notinchlik va beqarorlik mahbubiylar oilasi, yaʼni Ubaydulloh ibn Masʼud bobolarining Kirmonga ketishiga sabab boʻladi. Musofir yurtlarda Sadrush shariʼaning ikki bobosi vafot etadi. Shu …
BatafsilAlouddin Muhammad Buxoriy
Alouddin Abdulaziz ibn Ahmad ibn Muhammad Buxoriy fiqhga oid asarlari bilan islom olamiga tanilgan mashhur allomalardan boʻlib, u haqda tarixiy manbalarda juda kam maʼlumot keltirilgan. U fiqh ilmini Faxriddin Muhammad Maymurgʻiy va Hofiziddin Muhammad Buxoriydan oʻrgangan. Alloma koʻplab shogirdlar yetishtirgan boʻlib, ular orasidan Qivomiddin Muhammad Kakiy va Jamoliddin Umar Habboziy …
BatafsilMAVLONO MIRMUHAMMAD IBROHIM XOJA
Mahalliy aholi orasida “xalifa Ibrohim” nomi bilan ataluvchi Mavlono Mirmuhammad Ibrohim xoja Samarqandiy ziyoratgohi Samarqand shahridagi Abu Darun mozori yaqinida joylashgan. U kishi oʻz zamonida yetuk tasavvuf murshidlaridan biri boʻlgan. Mavlononing hayot yoʻli va tasavvuf taʼlimotida olib borgan faoliyati hozirgacha mukammal tadqiq etilmagan. Qayd etilgan yozishmalarda u haqida oz boʻlsada, …
BatafsilSHAMSULAIMMA SARAXSIY HAYOTI VA ILMIY MЕROSI
Hanafiy mazhabining buyuk faqihlaridan biri Shamsulaimma Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad ibn Abu Sahl Saraxsiy 1009 yili Saraxsda tugʻilgan. U ustozi Halvoiydan soʻng “Shamsulaimma” (“Imomlar quyoshi”) unvoniga sazovar boʻlgan. Bu davrda Movarounnahrda qoraxoniylar (927–1212) sulolasi hukmronlik qilardi. Alloma yoshlik chogʻidan ilmga qiziqqan va oʻtkir zehnli boʻlgan. Saraxsda boshlangʻich diniy taʼlimni …
BatafsilAbu Ubayd Abduvohid ibn Muhammad Juzjoniy
Juzjon X asrda katta hududni qamragan. Gʻaznaviylar davrida badavlat va gullab-yashnagan viloyat boʻlgan. Gʻarbda u Gurjiston va Marv, sharqda Balx, Toxariston va Bomiyon, janubda Gʻur va Bust, shimolda Amudaryo bilan chegaralangan. Juzjonda X asr oxiri va XI asrning birinchi yarmida yashagan Abu Ubayd Abduvohid ibn Muhammad Juzjoniy tibbiyot, riyoziyot, falakiyot …
BatafsilIMOM AVZOʼIY ILMIY MЕROSI
“Imom”, “Hofiz”, “Bayrut, Shom atrofidagi yerlar, Magʻrib va Andalusning imomi” nomlari bilan sharaflangan Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr Avzoʼiyning ilm yoʻlidagi faoliyati katta ahamiyatga ega. Imom Avzoʼiy yashagan davr olimlar, faqihlar, qorilar va muhaddislarga boy boʻlgan. Oʻsha davrning eng taniqli olimlari orasida Molik ibn Anas, Imom Jaʼfar Sodiq, Sufyon Savriy, Hasan Basriy, …
BatafsilABDURAHMON AVZOʼIY HAYOTI VA FAOLIYATI
Abu Amr Abdurrahmon ibn Amr ibn Yuhmad Avzoʼiy 88/707 yilda tugʻilgan. Tarixchilar uning tarjimai holida tugʻilgan joyi borasida ixtilof qilganlar. Manbalarda, uning tugʻilgan joyi Baolbek, kelib chiqishi Quboʼning Karak qishlogʻidan boʻlgan, keyin onasi uni Bayrutga olib ketgan, deyiladi. Boshqa bir manbada Damashqda Bob al-Farodis atrofidagi Avzoʼ degan joyda tugʻilgan, degan …
BatafsilMAKHUL NASAFIY ILMIY MЕROSINING ISLOM OLAMIDA TUTGAN OʻRNI
Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bogʻliq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga koʻtarilishida ona yurtimizda tugʻilib kamolga yetgan ulugʻ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan gʻurur va …
BatafsilFIRABRLIK ULAMOLAR
Firabr Buxoroning qadim shaharlaridan biri boʻlgan. Bu haqda Imom Samʼoniy oʻzining “Al-Ansob” asarida: “Firabr Amudaryo bilan Buxoro oʻrtasidagi shahardir. Firabr shahri bilan Amudaryoning oʻrtasidagi masofa bir farsax atrofidadir. Men Movarounnahrdan qaytayotganimda Firabrda bir necha kun turganman”, deb aytgan. Imom Zahabiy esa oʻzining “Siyaru aʼlamin nubalo” asarida: “Firabr Buxoro qishloqlaridan biridir”, …
BatafsilAbu Abdurahmon Abdulloh ibn Muborak Vozih Hanzaliy Marvaziy (h.181/797y)
Xuroson – Sosoniylar hukmronligi davridan shu nom bilan atalib kelgan. III asrdan XVIII asr oʻrtalarigacha hozirgi Eronning shimoli sharqiy qismi, Marv vohasi, hozirgi Turkmanistonning janubiy qismi va Afgʻonistonning shimoli va shimoli gʻarbiy qismini oʻz ichiga olgan[1]. IX asrdan joʻgʻrofiy jihatdan Tohiriylar, Safforiylar, Saljuqiylar, Gʻaznaviylar davlatining muhim strategik mintaqa hisoblangan. Undagi …
Batafsil