Bagʻrikenglik oʻzgalarning xulq-atvori, turmush tarzi, fikr-mulohazalari, gap-soʻzlari, his-tuygʻulari, eʼtiqodi, harakatlariga nisbatan sabr-toqatli, chidamli boʻlishni anglatadi. Lugʻatlarda bagʻrikenglik “tolerantlik” (lot.: “tolegaptio” – matonat-chidam, sabr-toqat) tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Bagʻrikenglik – oʻzgalarga nisbatan mehr-muruvvatli, gʻamxoʻr, saxiy, keng feʼlli boʻlgan maʼnaviy fazilatlarga ega kishilarni ifodalovchi tushunchadir. Rossiyada chop qilingan sotsiologik lugʻatda tolerantlikka quyidagicha …
BatafsilABU NASR IYODIY ILMIY MЕROSI VA “DORUL IYODIYA” AQIDAVIY MAKTABI
Movarounnahrda hanafiya aqidasining tarqalishida oʻziga xos oʻrin tutgan olim Abu Nasr Iyodiy oʻsha davrdagi “Dorul Juzjoniya” maktabi vakilidir. Lekin koʻpgina manbalarda “Dorul Iyodiya” aqidaviy maktabini yanglish ravishda uning nomi bilan bogʻlaydilar. Aslida, “Dorul Juzjoniya”da Abu Nasr al-Iyodiydan avvalroq bir qancha olimlar faoliyat olib borganlar. Jumladan, Abu Sulaymon Muso ibn Sulaymon …
BatafsilBAHOUDDIN VALADNING HAYOTI, FALSAFIY TAʼLIMOTI VA ILMIY MЕROSI
Insoniyatning maʼnaviy qiyofasini yuksaltirish va axloqiy fazilatlarni rivojlantirishda falsafa fanining oʻrni beqiyosdir. Xususan, falsafiy tafakkur tarixi tizimida oʻziga xos oʻringa ega boʻlgan, durdona asarlari bilan diniy va dunyoviy ilmlar taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshgan Sharq allomalarining bebaho maʼnaviy merosini butun dunyo tan olib, yuksak eʼtirof etmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti taʼkidlaganidek: “Islom olami …
BatafsilSUGʻDLIK FAQIH – IMOM ALI SUGʻDIY
Islom fiqhiga oid kitoblarda Qoraxoniylar davrida Samarqandda ilmiy faoliyat olib borgan mashhur allomalardan biri Imom Ali Sugʻdiy (vaf. 461/1069) haqida maʼlumotlar mavjud boʻlib, u salaf imomlarning oxirgilaridan boʻlgani qayd etiladi. Shunday boʻlsa-da, Imom Ali Sugʻdiy nomi koʻpchilikka nomaʼlum boʻlishi tabiiy. Tarixiy manba va tadqiqotlarda[1] u haqidagi maʼlumotlar tarqoq holda uchraydi. Maqolada …
BatafsilHOFIZ SADAFIY – “SAHIHUL BUXORIY”NING ANDALUSIYADAGI MASHHUR XATTOTI
Hofiz Sadafiy XI-XII asrlarda hadis roviylari va hofizlarining oʻziga xos bilimdonlaridan biri boʻlgan. U “Sahihul Buxoriy”ni oʻz ustozi Abul Valid Bojiy rivoyati asosida oqqa koʻchirgan. U Abu Zarr Haraviydan, u Firabriydan, u Buxoriydan rivoyat qilgan. Toʻliq ismi – Qozi Hofiz Abu Ali Husayn ibn Muhammad ibn Firruh ibn Hayyun Sadafiy …
BatafsilXORAZMNING BIZ BILMAGAN MUHADDIS VA TARIXCHISI
Ilm-fan taraqqiyotida xorazmlik olimlarning xizmati katta boʻlgan. Bu yurtning yetuk mutafakkirlari ilmning turli sohalarida samarali ijod qilgan. Shunday zotlardan biri Mahmud ibn Muhammad Xorazmiydir. Uning toʻliq ismi – Mahmud ibn Muhammad ibn Abbos ibn Arslon Mazhariddin Xorazmiy. Ibn Abbosiy nomi bilan ham tanilgan. 1099 yilning avgust oyida Xorazmda tugʻilgan. Alloma …
BatafsilNOSIRIDDIN TUSIY DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIGA TAʼSIR ETGAN IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT VA MAʼNAVIY MUHIT(2-qism)
Geografiya sohasida Hamdulloh Mustavfi Qazviniy (1282-1350) va Abdurashid Saloh ibn Nuri Bakuvi (1360-1430) geografik asarlarining mohiyati va dalillarining aniqligi bilan mashhur boʻlgan. Bu asarlar orasida Hamidulloh Qazviniyning “Koʻngil nashʼasi” nomli asari alohida ahamiyatga ega. Mashhur sayyoh, geograf, iqlimshunos Abdurashid Saloh ibn Nuri Bakuviyning “Kitob tayaxis al-asar va ajoyib al-Malik al-Qahhor” …
BatafsilNOSIRIDDIN TUSIY DUNYOQARASHINING SHAKLLANISHIGA TAʼSIR ETGAN IJTIMOIY-SIYOSIY VAZIYAT VA MAʼNAVIY MUHIT
Abu Jaʼfar Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Nosiriddin Tusiy hayoti va faoliyati bilan falsafa tarixida oʻz oʻrniga ega buyuk donishmand va ensiklopedik olim sifatida islom falsafasining rivojlanishida unutilmas va abadiy iz qoldirgan. Uning faoliyati nafaqat Sharq va Gʻarb tamadduni rivojiga taʼsir qildi, oddiy xalqdan to ziyolilargacha hammaning hurmatiga sazovor boʻldi. …
BatafsilABUL FAZL MUHAMMAD MARVAZIY HAYOTI VA ILMIY MЕROSI
Abul Fazl Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Abdulmajid ibn Ismoil Sulamiy Marvaziy Balxiy 855 yili Marv shahrida tugʻilgan. Samʼoniyning maʼlumotiga koʻra, u Buxoro qozikaloni boʻlgan va Somoniylar amiri Nuh ibn Nasrga fiqhdan taʼlim bergan. Amir katta hurmat va ixlos bilan uni bosh vazir etib tayinlagan. Abdulkarim …
BatafsilBURHONIDDIN MARGʻINONIY NASABI VA AVLODLARI TAQDIRI
Musulmon jamiyatida alohida hurmat-eʼtiborga sazovor boʻlgan xonadonlar (sakral oilalar) doimo siyosiy va madaniy-maʼnaviy hayotda muhim rol oʻynab kelgan. Oʻtmishda nafaqat Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning toʻgʻridan-toʻgʻri avlodlari boʻlmish sayyidlar balki choryorlar avlodlari sifatida nasab va hasabga ega xoʻjalar ham koʻp imtiyozlardan foydalangan. Ayniqsa, islom olamida yuksak hurmatga sazovor boʻlgan Abu Bakr Siddiq …
Batafsil