Home / ALLOMALAR

ALLOMALAR

BUYUK FAQIH ABULQOSIM DABUSIY

Islom sivilizatsiyasining yuksak maʼnaviy va ilmiy merosi qisman Markaziy Osiyodagi qishloq va shaharlarning boy tarixidan ham tashkil topgan. Uning muhim boʻgʻinlaridan biri Dabusiya shahridir. VIII-XI asrlarda Dabusiya ilmiy, iqtisodiy va harbiy jihatdan yuksak darajada rivojlangan. Sharq va Gʻarbni bogʻlovchi qadimiy savdo yoʻlida joylashgan boʻlib, tarixiy, iqtisodiy va ilmiy jihatdan katta …

Batafsil

BURHONIDDIN MARGʻINONIY HAYOTI VA “AL-HIDOYA” ASARINING TARIXIY AHAMIYATI

Manbalarda Burhoniddin (Burhoniddin val milla – din va musulmonlarning dalili, isboti. Oʻrta asrlarda islomiy ilmlarda yuksak darajaga erishgan allomalarni shunday nom bilan atashgan) Margʻinoniyning toʻliq ismi Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Fargʻoniy Roshidoniy Margʻinoniy sifatida keltiriladi. Uning nisbasidan olimning hozirgi Fargʻona viloyatining Rishton  tumanida tavallud topganini koʻrish mumkin. XIX …

Batafsil

MUSTAGʻFIRIYNING “FAZOILUL QURʼON” ASARIDA HADIS KITOBAT QILISH USULLARI

Hadisnavislik rivojlanib, hadis toʻplamlari turkumlarga, yoʻnalishlarga boʻlingach, Qurʼon haqida shuningdek, sura va oyatlar fazilatiga bagʼishlangan “Fazoilul Qurʼon” yoʼnalishida koʼplab asarlar tasnif qilingan. X-XI asrlarda yashagan buyuk vatandoshimiz Abu Abbos Jaʼfar ibn Muhammad Mustagʼfiriy Nasafiy (961-1041) [5:123] koʼp qirrali olim sifatida avvalgi ulamolar anʼanasi davom ettirib, bu sohada ham ijod qildi …

Batafsil

FAXRIDDIN ROZIY VA “MAFOTIHUL GʻAYB” ASARINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Mashhur alloma, mufassir, mutakallim, mantiqshunos, tilshunos, tabib, faylasuf Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn al-Husayn al-Qurayshiy Tabaristoniy [1:5] “Xatibning oʻgʻli” deya tanilgan va “Dinning faxri” deb eʼtirof etilgan Faxriddin Roziy [2:248] hijriy 544, milodiy 1148-yili Ray shahrida tugʻilgan. Dastlabki ilmni otasi Ziyovuddin (Ray shahrining xatibi)dan olgan.  Taʼlim olishni Xurosonning Marogʻa …

Batafsil

NOSIRUDDIN SAMARQANDIYNING “RIYOZATUL AXLOQ” ASARIDA IJTIMOIY ODOB-AXLOQQA DOIR MASALALAR TAHLILI

Movarounnahrlik faqih ulamolardan biri – Nosiruddin Samarqandiy (vaf. 556/1161) Samarqandda yashab, oʻz davrida Qurʼon, aqida, fiqh, odob-axloq, tasavvuf, tarix va tilshunoslik kabi ilm sohalari boʻyicha olim boʻlgan. Olim islom dinining turli ilm sohalariga oid koʻplab kitoblar yozgan boʻlib, ulardan bir qanchasi bizgacha yetib kelgan. Jumladan, olimning odob-axloq va tasavvuf ilmiga …

Batafsil

ABUL YUSR PAZDAVIYNING ILMIY FAOLIYATI TAHLILI

XI-XII asrlarda Movarounnahrda ensiklopedik allomalarning aksariyati Buxoro va Samarqand shaharlarida toʻplangan edi. Lekin ularning safi turli viloyatlardan kelgan yangi kuchlar hisobiga toʻlib borgan. Bu esa, oʻz navbatida, Movarounnahrning kichik shaharlarida ham diniy-maʼrifiy hayotning yuqori darajada boʻlganidan darak beradi. Bu kabi shaharlar orasida Nasaf, Kesh, Koson, Pazda, Poykand, Ustrushana, Isfijob, Axsikat, …

Batafsil

HIDOYAT YOʻLBOSHCHISI

Buyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qoʻshgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yoʻli va boy ilmiy-maʼnaviy merosini har tomonlama chuqur oʻrganishni ragʻbatlantirish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni Prezidentimiz “Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi. Ushbu qaror moturidiylik taʼlimotiga xos bagʻrikenglik …

Batafsil

Movarounnahrda kalom ilmi rivoji va makhuliy allomalar haqida

Vatanimizning har bir go‘shasidan yuzlab, minglab allomalar yetishib chiqqan. Ularning qoldirgan boy ilmiy-amaliy merosi nafaqat yurtimiz, balki jahon ilm ahllari uchun dasturulamal bo‘lgani ma’lum. Yurtimiz allomalari ilmiy-ma’naviy merosida diniy va dunyoviy bilimlar qatori kalom – aqida ilmiga bag‘ishlangan asarlar ham salmoqli o‘rin egallaydi. Xalqimizning bebaho ma’naviy xazinasi hisoblangan mazkur asarlarni …

Batafsil

ABU SHUJOʼ SAMARQANDIY

Samarqand allomalar yurti. Najmiddin Nasafiyning “Al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand” nomli asarining bugungacha yetib kelgan yagona jildida mingdan ziyod olim haqida maʼlumot berilgan. Uning yigirma jilddan iborat boʻlganini eʼtiborga olsak, mintaqada yashab oʻtgan olimlar soni haqida yetarli tasavvur hosil boʻladi.[1] Samarqandning buyuk faqihlaridan biri Abu Shujoʼ Samarqandiydir. Nasabi Abbos ibn …

Batafsil