Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamkorligida “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida “Biz yot gʻoyalar va axborot xurujlariga qarshimiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz ilmiy xodimlari, filial rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi. Markaz ilmiy xodimi Bayozxon …
BatafsilDIQQAT, EʼLON!
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Turkiyaning Marmara universiteti hamkorligida oʻtkazilayotgan “AHMAD YASSAVIY VA OʻRTA OSIYODA YASSAVIYLIK TARIQATI” mavzusidagi onlayn seminarga taklif etamiz. Seminarda Marmara universiteti Ilohiyot fakulteti professori Dr. Nejdet Tosun maʼruza qiladi. Onlayn seminar 2023-yil 30-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 16.00 da boshlanadi. Konferensiyada onlayn tarzda quyidagi ZOOM videokonferensiya platformasi orqali ishtirok etish …
BatafsilUchinchi yuksalish davri beshigi yaratilmoqda yoxud milliy afsonaning maʼrifiy haqiqatlari
MAʼNAVIY POYDЕVOR Yurtimizda tinchlik deb atalmish ulugʻ neʼmat hukm surmoqda. Ana shu neʼmat soyasida har yili Prezidentimiz tomonidan ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida qaror chiqarilayotgani milliy-diniy qadriyatlarimiz, azaliy urf-odatlarimizga yuksak hurmat va ehtiromning amaliy inʼikosidir. Yangilanayotgan diyorimizda tinchlik-xotirjamlik, mehr-oqibat, oʻzaro hamjihatlik, himmat va saxovat kabi anʼanalarimiz tobora mustahkam qaror …
BatafsilKoʻngillarga quvonch-u surur olib kirish har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir
EZGU AMALLAR IFODASI Muqaddas dinimiz kishilarni bir-biriga yaxshilik qilishga, mehr-muruvvat va saxovat koʻrsatishga chaqiradi. Ayniqsa, Ramazon oyida bu kabi insoniy qadriyatlar yanada keng quloch yozib, koʻngillarga surur va shukuh olib kiradi. Ushbu muborak oyda moʻmin kishi roʻza tutish bilan birga, koʻproq toat-ibodat, tilovat, zikrlar qiladi. Yaqinlari hamda doʻst-u yorlarini ziyorat …
BatafsilISLOM OLAMINING YIRIK ILMIY MUASSASASI
Dunyo hamjamiyati mamlakatimizda buyuk muhaddis Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalar qoldirgan boy maʼnaviy xazinani asrab-avaylash va kelgusi avlodlarga toʻla-toʻkis yetkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berayotgani bejiz emas. Zero, xayrli harakat — buyuk ajdodlarimizning nomlarini yanada ulugʻlash, beqiyos maʼnaviyat xazinalaridan bahramand boʻlish va nomlarini abadiylashtirish borasidagi savobli ishlar …
BatafsilMarkaz faoliyati jonli efirda tahlil etildi
Milliy matbuot markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yildagi faoliyati yakunlari va 2023 yildagi istiqbolli rejalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy matbuot markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan anjumanda Markaz rahbariyati hamda milliy OAV xodimlari ishtirok etdi. Direktor …
BatafsilZakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori eʼlon qilindi
Zakot nisobi Zakotning tillodan nisobi 85 gramm boʻlib, bugungi kunda 585 probali 1 gramm tilloning oʻrtacha narxi 420 000 (toʻrt yuz yigirma ming) soʻm ekani eʼtiboridan, bu yilgi ZAKOT nisobi 35 700 000 (oʻttiz besh million yetti yuz ming) soʻm deb belgilandi. Shunga koʻra, zaruriy ehtiyojidan tashqari bir yil davomida …
BatafsilDIQQAT, EʼLON!
Joriy yilning 25 mart kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022 yildagi faoliyat yakunlari va 2023 yildagi istiqbolli rejalari” mavzusida matbuot anjumani oʻtkaziladi. Markaz rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumani UzReport TV telekanali va telekanalning Youtube va Facebookdagi sahifalari orqali JONLI translyatsiya qilinadi. Matbuot anjumani soat 15.00 da boshlanadi. Anjumanga ommaviy axborot vositalari xodimlari, …
BatafsilGermaniyalik talabalar Markazda boʻldi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Germaniyadagi 14 nufuzli universitetning bir guruh talabalari tashrif buyurdi. Mazkur tashrif Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD) va Berlindagi Humboldt universiteti hamkorligida Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan xorijlik talabalar uchun joriy qilingan maxsus kurs doirasida tashkil etildi. Ushbu kurs davomida germaniyalik talabalarga soʻnggi ikki hafta …
BatafsilHashar uyushqoqlik bilan oʻtmoqda
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ham umumxalq xayriya hashari tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmoqda. Hashar davomida xodimlar Markaz binosi atrofidagi maydonlarni obodonlashtirish, yovvoyi oʻt-oʻlanlardan tozalash, manzarali daraxtlarga shakl berish va oqlash, ariq va …
Batafsil
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz






