Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining oʻrinbosari Otabek Muhammadiyev va Samarqandda mehmon boʻlib turgan Kuvayt islom sanʼati markazi doktori, mohir xattot Josim Meʼroj oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbat chogʻida ikki tomonlama ilmiy manfaatga asoslangan hamkorlik istiqbollariga oid qator fikr-mulohazalar bildirildi va qisqa fursatlarda Anglashuv memorandumi loyihasini tayyorlash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish …
BatafsilSTIPЕNDIAT AMALIYOTI YAKUNIGA YETDI
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori dr. Derya Idikurt Markazda oʻtayotgan amaliyoti yakun topgani munosabati bilan ilmiy tadqiqotlarining hisobot-taqdimotini oʻtkazdi. Amaliyotchi bu yerdagi ilmiy faoliyatida qoʻlga kiritgan natijalari sarhisobini keltirib, amaliy koʻmak uchun Markaz jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirdi. Dr.Idikurt soʻnggi ikki oy mobaynida “Istanbuldagi buxorolik olim Shayx Sulaymon Afandi” mavzusidagi ilmiy …
BatafsilAJDODLAR MЕROSIDAN AVLODLAR BAHRA OLSIN
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga ayni kunlarda mamlakatimiz boʻylab safar qilayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlari, Singapur, Turkiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Braziliya, Niderlandiya, Misr Arab Respublikasining islom ilmlari boʻyicha 20 dan ortiq olimlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Ispaniyadagi Kordoba akademiyasi asoschisi Shayx Muhammad Daniyel rahbarlik qilayotgan delegatsiyani Markaz direktori oʻrinbosari, tarix …
BatafsilOLIMLARIMIZ MAQOLALARI EʼTIROF ETILDI
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 4 nafar tadqiqotchisining ilmiy maqolalari yaqinda nashr qilingan “Islom sivilizatsiyasining musulmon olimlari” nomli xalqaro toʻplamda chop etildi. Malayziya va Oʻzbekistondagi 20 nafardan ortiq nufuzli olimning tegishli mavzulardagi maqolalari jamlangan mazkur toʻplamdan markaz direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodovning “Movarounnahr kutubxonalari …
BatafsilHAMKORLIKNING YANGI SAHIFASI OCHILDI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Malayziya Milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti direktori, professor Fariza Binti Sham hamda institut direktori oʻrinbosari, dotsent Muhammad Al Adib bin Samuri va tadqiqochi Norshariani Binti Abdurahmon tashrif buyurdi. Mehmonlarni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev kutib oldi. Taʼkidlash lozimki, …
BatafsilXalqaro markazga tashrif
Singapur Prezidenti Halima Yaqub xonim Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va bu yerdagi muzey faoliyati bilan tanishdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro markazda zaminimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalar, muhaddislar merosi tadqiq etilayotgani, qisqa vaqt ichida oʻnlab tarixiy kitoblar nashr etilgani haqida maʼlumot berildi. Muzeydagi tarixiy ashyolar, turli …
BatafsilHalima Yaqub Islom olamining qutlugʻ ziyoratgohida
Singapur Prezidenti Halima Yaqub Samarqandga tashrifini Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilish bilan boshladi. Buyuk muhaddis haqiga Qurʼon tilovat qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi M. Komilov oliy martabali mehmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yangidan bunyod etilayotgan mazkur majmuadagi qurilish-bunyodkorlik ishlari, mazkur obyektning avvalgi holati haqida maʼlumot berdi. Ziyoratchilar uchun …
Batafsil“TABARRUK ZIYORAT” LOYIHASI AMALDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Turkiya faxriy konsulliklari faoliyat olib borayotgan shaharlarning turk millatiga mansub fuqarolari, Yevropadagi turkiy jamoalar vakillaridan iborat bir guruh ziyoratchilar tashrif buyurdi. Tashrif Turkiy kengashga aʼzo mamlakatlardagi muqaddas qadamjolar boʻylab amalga oshirilayotgan “Tabarruk ziyorat” loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib, Markazning Ziyorat turizmini rivojlantirish borasidagi salohiyatini yanada …
BatafsilISLOM – TINCHLIK TARAFDORI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Tunis fan, sanʼat va adabiyot akademiyasining sobiq Prezidenti, Tunis universiteti faxriy professori Abdulmajid Sharfiy tashrif buyurdi. Mehmonni Markaz direktori oʻrinbosari, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Otabek Muhammadiyev va direktor Bosh maslahatchisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Turayev kutib olib, Markaz va muzey faoliyati …
BatafsilISLOMNING YIRIK MANBASIGA BITILGAN SHARHLAR TAHLIL QILINDI
Malayziya milliy universiteti Islom sivilizatsiyasi instituti tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi olimlarining Uchinchi seminari oʻtkazildi. Islom tamaddunida ilohiyot, hadis, islom huquqi, tasavvuf, iqtisod, boshqaruv va menejment, tarix, falsafa, taʼlim, psixologiya, matematika, astronomiya, fan va texnologiya hamda tibbiyot sohalarining ahamiyatini keng oʻrganishga qaratilgan tadbir Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Oʻzbekistondagi …
Batafsil