Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot Markazida buyuk muhaddis olimning “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining arab va indonez tillaridagi uch jildli nusxasi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda islomshunos olimlar, markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy stipendiyasining xorijlik sovrindorlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Tadbirda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy sohada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. …
Batafsil“Al-Jomeʼ as-sahih” ning arab va indonez tillaridagi nusxasi keltirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida muhaddislar sultoni qalamiga mansub “Al-Jomeʼ as-sahih” asarining arab va indonez tillaridagi uch jildli nusxasi taqdimoti oʻtkazildi. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari Xayriddin Sultonov, Muzaffar Komilov va boshqalar koʻplab sohalar kabi diniy-maʼrifiy jabhadagi islohotlar natijasida roʻy berayotgan yangilanishlar asnosida mamlakatimizda mazkur …
BatafsilSaudiya Arabistonining yetakchi “Swift News” onlayn nashrida “Saudiyalik muxbirlar Samarqanddagi yangi Imom Buxoriy masjidini ziyorat qildi” sarlavhali maqola joylashtirildi
Nashrning ijodiy jamoasi Oʻzbekistonga safari davomida Samarqandda boʻlib, tarixiy qadamjolar, xususan yangi bunyod etilayotgan Imom al-Buxoriy majmuasi va masjidi haqida oʻquvchilar uchun turkum materillarni eʼlon qilmoqda, – deyiladi nashrda. –Imom Buxoriy dafn etilgan maqbara yonidagi masjid qurilishini yakunlash uchun oʻzbek quruvchilari kechayu kunduz mehnat qilayaptilar. Taʼkidlash kerakki, Imom Buxoriy islom …
BatafsilIMOM BUXORIY MЕROSI – BUTUN UMMAT MULKI
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Joʻybori Kalon madrasasi, Hadis ilmi maktabi hamda Panjob (Pokiston), Inonu (Turkiya) va Utara (Malayziya) universitetlari bilan hamkorlikda Imom Buxoriy tavalludining 1250 yilligi munosabati bilan “Imom Buxoriy – buyuk muhaddis” mavzusida xalqaro ilmiy seminar oʻtkazildi. Oflayn va onlayn tarzda tashkil etilgan anjumanda Markaz ilmiy …
BatafsilARXЕOLOGIK MЕROS – KЕLAJAK UCHUN MUHIM
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda “Zarafshon vohasi madaniy boyliklari” turkumida galdagi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Unda Markaz ilmiy xodimlari, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindorlari, yurtimiz va xorijdagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalar tadqiqotchilari, shuningdek, Germaniya, Pokiston, Turkiya va Fransiyadan olimlar …
BatafsilDIQQAT, EʼLON!
Joriy yil 20 iyul kuni Imom Buxoriy tavalludining 1250 yilligi munosabati bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Joʻybori Kalon madrasasi, Hadis ilmi maktabi hamda Panjob (Pokiston) va Inonu (Turkiya) va Utara (Malayziya) universitetlari hamkorligida “Imom Buxoriy – buyuk muhaddis” mavzusida xalqaro ilmiy seminar oʻtkaziladi. Seminar oflayn va onlayn tarzda tashkil …
Batafsil“OʻRTA OSIYONING ARXЕOLOGIK LANDSHAFTI”
DIQQAT, EʼLON! Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti hamkorligida oʻtkazilayotgan “ZARAFSHON VOHASI MADANIY BOYLIKLARI” mavzusi doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan navbatdagi onlayn seminarga taklif etamiz. Bu galgi seminarda Londondagi Arxeologiya institutining xalqaro Ipak yoʻli arxeologiya va meros markazi loyihasi direktori Dr. …
BatafsilMALAYZIYALIK STIPЕNDIAT ILMIY ISHI AMALIY AHAMIYATI BILAN EʼTIBOR QOZONADI
Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya dasturi sovrindori dr. Alif Navi ilmiy izlanishlari natijalari taqdimotini oʻtkazdi. “Oʻzbekiston hududida yashab, zamonaviy dunyoni shakllantirgan taniqli ulamolar merosini saqlash va targʻib etishda videografika vositalarining oʻrni” mavzusida oʻtkazilgan taqdimot alloma ajdodlarimizning bugungi kunda keng qoʻllanayotgan innovatsiyalar rivojiga qoʻshgan bilvosita hissasiga bagʻishlandi. Tadqiqotchi islom sivilizatsiyasida movarounnahrlik …
BatafsilMARKAZNING RASMIY HAMKORLARI SONI ORTMOQDA
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Turkiyadagi Dijle universiteti oʻrtasida oʻzaro hamkorlikka oid Anglashuv memorandumi imzolandi. Markaz direktori, tarix fanlari doktori Shovosil Ziyodov va universitet rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Mehmet Karokoch imzolagan ushbu hujjat ikki ilmiy muassasa oʻrtasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini oʻzida mujassam etgan. Oʻzaro ilmiy va amaliy aloqalarni …
BatafsilMarkazga yana bir tadqiqotchi keldi
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Anqaradagi (Turkiya) Islom tafakkuri instituti tadqiqotchisi, Inonu universiteti doktoranti Juma Turgʻut ilmiy izlanishlar olib borish va tajriba almashish uchun keldi. Tashrif Markaz bilan Islom tafakkuri instituti oʻrtasida imzolangan memorandum asosida oʻzaro xodimlar almashuvi dasturi doirasida tashkil etildi. Yosh tadqiqotchini Markaz direktori Shovosil Ziyodov qabul qilib, …
Batafsil