Home / YANGILIKLAR (page 60)

YANGILIKLAR

Amonov Oksfordda seminar oʻtkazdi

Oksford Islom tadqiqotlari markazida izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar tomonidan tadqiqotlari mavzusi yuzasidan haftada ikki marta seminar tashkil qilish tartibi joriy etilgan. Ushbuga koʻra Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi, ayni paytda Oksfordda tadqiqot olib borayotgan Barot Amonov “Sahihul Buxoriy”ga hanafiy mazhabi asosida yozilgan sharhlar tahlili (“Umdatul Qoriy” misolida)” mavzusida …

Batafsil

Iyd al-Fitr – RAMAZON HAYITI MUBORAK BOʻLSIN!

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ramazon oyining roʻzasini bandalariga farz qilgan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin! Ramazon oyiningtunlarida bedor boʻlishni ummatiga sunnat qilgan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar boʻlsin! HAZRATI RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAM: “HAR BIR QAVMNING OʻZ BAYRAMI BOR, IYD BIZNING BAYRAMIMIZDIR”, DЕB MARHAMAT QILGANLAR. HOFIZ IBN HAJAR ROHIMAHULLOH “FATHUL …

Batafsil

Mehr-oqibat, inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan bayram

SHUKUH  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, xalqimizning ma’naviy hayotida alohida o‘rin tutadigan, muqaddas islom dinining ezgu g‘oyalarini o‘zida yaqqol ifoda etadigan bayram — Iyd al-Fitrni munosib nishonlash, jamiyatimizda insonparvarlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik tuyg‘ularini kuchaytirish, yoshlarimizda yuksak fazilatlarni kamol toptirish maqsadida Ramazon hayiti 2022-yil 2–4-may kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanmoqda. Bu yilgi bayram, …

Batafsil

MARKAZ MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZDI

2022 yil 29 aprel kuni Milliy matbuot markazida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga doir Davlat dasturining joriy yil I-chorakdagi ijrosiga bagʻishlangan Matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar …

Batafsil

QOʻLYOZMALAR MOZIYDAN SOʻZLAYDI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun ayni kunlarda Markazda tadqiqot olib borayotgan fransiyalik olimlar ishtirokida qadimiy qoʻlyozma nusxalari va ularning xususiyatlariga bagʻishlangan ilmiy seminar tashkil etildi. Seminarda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori Mari Eftimiyu “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining Qurʼon qoʻlyozmalari fondi tarixiga …

Batafsil

JЕNЕVALIK MЕHMONLAR MARKAZDA

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov hamrohligida Jeneva diplomatik korpusi rahbari Robert Blum va shveysariyalik taniqli fotograf Pyer-Mishel Viro tashrif buyurdi. Mehmonlarni direktor Shovosil Ziyodov kutib olib, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilgan Markazning maqsad va vazifalari, oʻtgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, xususan, dunyodagi …

Batafsil

MILLATLARARO TOTUVLIK – TARAQQIYOT KAFOLATI

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida diniy-maʼrifiy sohada faoliyat yuritayotgan jamoatchilik vakillari va madaniy markazlar mutasaddilari ishtirokida “Diniy bagʻrikenglik – jamiyat barqarorligi omilidir” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbir avvalida uning ishtirokchilari – Oʻzbekiston musulmonlari diniy idorasi, Samarqand shahar Rus-pravoslav cherkovi, Samarqand Rim-katolik cherkovi, Samarqand shahar Rus, Tatar-boshqird, Polyak milliy …

Batafsil

YAXSHILIKNING MUKOFOTI FAQAT YAXSHILIKDIR

Prezidentimiz tomonidan inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan ezgu ishlar bugun hayotimizning barcha jabhasiga kirib bordi. Xoh siyosat, xoh iqtisodiyot boʻlsin, xoh madaniyat, maʼrifat va maʼnaviyat sohasi boʻlsin, ularning barchasida yangilanish yuz bermoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarda diniy-maʼrifiy sohadagi oʻzgarishlar, eʼtiqod erkinligining mustahkamlangani, buyuk bobolarimiz merosini oʻrganish va asrab-avaylash, targʻib qilish borasidagi chora-tadbirlar …

Batafsil

NAQSHBANDIYA TARIQATINING BUYUK MURSHIDI

Xoja Ubaydulloh Mahmudxoja oʻgʻli Ahror Valiy nomi bilan mashhur boʻlib, 1404 yil Toshkentda dunyoga kelgan. Otasi Xoja Mahmud va bobolari maʼrifatli kishilar boʻlgan, dehqonchilik va tijorat ishlari bilan shugʻullangan. U ona tarafidan mashhur shayx Xovandi Tohurga borib ulanadi. 22 yoshida togʻasi Xoja Ibrohim Shoshiy uni tahsil olish uchun Samarqandga olib …

Batafsil

ILMGA BOʻLGAN EHTIYOJ ABADIYDIR

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Samarqand viloyati Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi maʼrifat” gʻoyasi asosida “Ilmdan boshqa najot yoʻq va boʻlmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Markaz ilmiy xodimlari, Samarqand viloyati Xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish …

Batafsil