Ayni vaqtda Din ishlari qoʻmitasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari vakillaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Indoneziyada xizmat safarida boʻlib turibdi. Delegatsiya tarkibida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov va ilmiy xodim Kamola Hasanova ham uchrashuvlarda faol ishtirok …
BatafsilIlmiy muhokama va ijodiy yondashuv
Joriy yil 2-iyul kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida ilmiy xodimlar va Kinematografiya agentligi vakili, rejissyor Shohruh Rasulov ishtirokida Imom Buxoriy majmuasi tarixi, uning yangidan bino qilinayotgani toʻgʻrisida suratga olinadigan hujjatli filmning gʻoyaviy yoʻnalishi va ssenariysi yuzasidan muhokama oʻtkazildi. Taʼkidlanganidek, ushbu film orqali Imom Buxoriy maqbarasi atrofida bunyod etilayotgan ulkan …
BatafsilIslom ilmlari va maʼnaviyatining buyuk merosi – muhokamada
Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti tashabbusi bilan Islom sivilizatsiyasi olimlarining Beshinchi onlayn seminari oʻtkazildi. Islom tamaddunida ilohiyot, hadis, islom huquqi, tasavvuf, iqtisod, boshqaruv, tarix, falsafa, taʼlim, psixologiya, matematika, astronomiya, texnologiya va tibbiyot sohalarining ahamiyatini keng oʻrganishga qaratilgan tadbir Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi …
BatafsilMaʼrifiy va maʼnaviy meros: Kubroviylik shajarasining zamonaviy tahlili
30-iyun kuni Xorazm Maʼmun akademiyasida “Najmiddin Kubro maʼnaviy-maʼrifiy merosi va uning zamonaviy tadqiqi” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Anjuman davlatimiz rahbari tomonidan Najmiddin Kubro tavalludining 880-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida ilgari surilgan tashabbus doirasida, Najmiddin Kubroning ilmiy va maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, bu merosni zamonaviy tadqiqot metodlari asosida tahlil qilish …
Batafsil“Taraqqiy”dan boshlangan saodatli safo
2025-yil 27-iyun kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bagʻishlangan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Markazning ilmiy xodimlari, axborot siyosati va matbuot xizmati masʼullari, www.bukhari.uz sayti tahririyati, “Imom Buxoriy saboqlari” jurnali hamda nashriyot jamoasi ishtirok etdi. Markaz direktori Shovosil Ziyodov tadbirni ochar ekan, ishtirokchilarni …
BatafsilZiyorat turizmini yanada rivojlantirishda muhim qadam
Joriy yil 27-iyun kuni Indoneziya Respublikasining “Umra plyus” va ziyorat turizmi yoʻnalishida faoliyat yurituvchi 20 ga yaqin nufuzli turizm muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Samarqandga tashrif doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida boʻldi. Mehmonlar Markazdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, muzey faoliyati, qadimiy qoʻlyozmalar va boy maʼnaviy meros bilan tanishdi. Imom Buxoriy hazratlarining “Sahihul …
BatafsilOAV haftaligida zamonaviy media muhokamasi
Joriy yil 26-iyun kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Milliy media birlashmasi tashabbusi bilan “OAV haftaligi” tadbirlari boʻlib oʻtdi. 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda mamlakatimiz media sohasi va xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat idoralari rahbarlarining matbuot kotiblari hamda bir qator teleradiokanallar ijodkorlari ishtirok etdi. …
Batafsil“Maʼrifat karvoni” bilan maʼnaviy yuksalish sari
Milliy oʻzlikni anglash, maʼnaviy merosni qadrlash va maʼrifatparvarlik gʻoyalarini keng targʻib etish maqsadida mamlakatimiz hududlarida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy tadbirlari izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Payariq tumani madaniyat markazida tashkil etilgan “Tirik tarix” loyihasi ham aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlarga ulkan taassurot ulashishga xizmat qildi. Tadbirda yurtimizning …
Batafsil“Maʼrifat karvoni” Samarqandga yetib keldi
Yurtimizda maʼrifat, madaniyat va maʼnaviyatni keng targʻib etishga qaratilgan “Maʼrifat karvoni” tadbirlari Samarqand viloyatida davom etmoqda. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusidagi targʻibot tadbirlari doirasida navbatdagi maʼrifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda talabalar, Islom sivilizatsiyasi markazi olimlari, soha masʼullari va viloyatdan jalb etilgan loyiha …
BatafsilDukchi Eshon kutubxonasi: tarix, taqdir va ilmiy meros
Germaniyaning Gamburg shahrida joylashgan Qoʻlyozma madaniyatini oʻrganish markazi (CSMC – Centre for the Study of Manuscript Cultures) huzuridagi Yozma artefaktlarni oʻrganish boʻyicha ilgʻor tajriba klasteri tashabbusi bilan “Musulmon jamiyatlarda mustamlaka davridagi aloqalar va qoʻlyozma merosi” mavzusida xalqaro ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Unda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi direktori, tarix …
Batafsil