Home / YANGILIKLAR (page 41)

YANGILIKLAR

Oʻzbekiston delegatsiyasi Makka shahridagi “Fairmont Makkah” minorasidagi Astronomiya muzeyi faoliyati bilan tanishdi

Amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistonida boʻlib turgan Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Makka shahridagi “Fairmont Makkah” minorasidagi Astronomiya muzeyi faoliyati bilan tanishdi. Muzey dunyoviy va diniy bilimlarni oʻzida mujassam etgan, shuningdek,  mavjud eksponatlarda astronomiya olami va Qurʼonda keltirilgan oyatlarning qiyosiy tahlili oʻz aksini topgan. Tarixiy majmua toʻrt qavatdan …

Batafsil

Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Saudiyaga amaliy tashrif chogʻida Madina shahridagi mashhur muzeylar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

Joriy yil 15-17 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlari bilan hamkorlik boʻyicha maslahatchisi M.Komilov boshchiligidagi delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligida boʻldi. Ushbu amaliy safar Oʻzbekiston Prezidentining Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuasida Imom Buxoriy hayoti va faoliyatini aks ettiruvchi interaktiv muzey tashkil qilish tashabbusining ijrosi yuzasidan tashkil etildi. Mamlakatimiz delegatsiyasi aʼzolari …

Batafsil

MUFTIY HAZRAT HAJ VAZIRI BILAN MULOQOT QILDI

Shu yil 19 noyabr kuni Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra ishlari vaziri taklifiga binoan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari mazkur vazirlik qarorgohiga tashrif buyurdilar. Haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia janoblari hamda Muftiy Nuriddin domla hazratlari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish …

Batafsil

“MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18 noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Markaz ilmiy xodimlari ishtirok etgan tadbir avvalida Diniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlimi ilmiy xodimi S.Abduvoitov soʻzga chiqdi va bayrogʻimiz, yurtimiz tinchligi, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida barchamizni birlashtirib, …

Batafsil

ISLOHOTLAR VA TASHABBUSLAR EʼTIROFI

16 NOYABR – XALQARO BAGʻRIKЕNGLIK KUNI Soʻnggi yillarda Yangi Oʻzbekistonda davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini jadal taraqqiy ettirish, mamlakatni rivojlangan davlatlar qatoriga qoʻshish sari katta qadamlar tashlanib, ezgu tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, turli diniy konfessiya vakillari oʻrtasida oʻzaro doʻstlik, ahillik, hamjihatlik kabi rishtalarni yanada mustahkamlash, ulugʻ allomalarning boy ilmiy …

Batafsil

Markaz direktori Turkiyadagi yirik simpoziumda

11-13 noyabr kunlari Turkiyaning Denizli shahridagi Pamukkale universitetida “XXI asrda yoshlar va imon masalalari: tavofutlar” mavzusida Xalqaro simpozium boʻlib oʻtdi. Universitetning ilohiyot fakulteti va islom ilmlari instituti tomonidan tashkil etilgan simpozium ishida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirok etib, tegishli shoʻba yigʻilishida “Yangi Oʻzbekistonda yoshlarga qaratilgan eʼtibor …

Batafsil

TURKIYA DAVLAT RAHBARI IMOM BUXORIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINI EʼTIROF ETDI

Avval xabar qilinganidek, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan “Oliy darajadagi Imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi. Turkiy davlatlarning Samarqand sammiti doirasida oʻtkazilgan mazkur mukofotni topshirish marosimida Turkiya davlat rahbari ushbu mukofotga munosib koʻrilgani uchun turk xalqi nomidan minnatdorlik bildirib, uni qabul qilishdan ulkan sharaf va gʻurur tuyishini maʼlum qildi. Rejep …

Batafsil

ISLOM – TINCHLIK VA MЕHR-OQIBAT DINI

Kecha Oʻzbekistondagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari hamda Malayziyadagi Islomni anglash instituti hamkorligida “Islom bugun” nomli xalqaro vebinar oʻtkazildi. Unda Islomni anglash instituti rahbariyati, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi olim va tadqiqotchilari ishtirok etdi. Vebinarda Markaz ilmiy xodimi Alouddin Nematov maʼruza bilan …

Batafsil

11 NOYABR – “OʻZBЕKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI”

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 11 noyabr – “Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir avvalida Markaz boshlangʻich kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Yoʻldoshxon Isayev 2020 yil 11 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining VIII qurultoyi ishtirokchilariga yoʻllagan tabrigida bildirgan …

Batafsil

NUFUZLI XALQARO ANJUMANDA MARKAZ YUTUQLARI KOʻRSATILDI

Kuni kecha Shanxay hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi Jamoatchilik diplomatiyasi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi, Islom hamkorlik markazi bilan hamkorlikda Konrad Adenauyer nomidagi jamgʻarmaning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi tomonidan “Dinlar va madaniyatlarning oʻzaro hamjihatligida, tinchlik va totuvlikni mustahkamlashda taʼlim va diniy maʼrifatning oʻrni” …

Batafsil